Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» halokat yoqasida. YeChLda so‘nggi tur intrigalari
Foto: Getty Images
8 dekabr oqshomida Chempionlar ligasida 6-tur o‘yinlari bilan guruh bosqich bahslariga yakun yasaladi. So‘nggi to‘rt guruhdagi o‘yinlar orasida superklublarning turnirdagi keyingi taqdiri hal etiladigan to‘qnashuvlar joy olgan. Jumladan, Xavi qo‘l ostidagi «Barselona» so‘nggi 21 yilda ilk marta YeChLni erta tark etish xavfi ostida. Quyida so‘nggi tur qarama-qarshiliklari, kimlar 1/8 finalga yo‘l olgani hamda guruhlardagi vaziyat bilan tanishtiramiz.
Chempionlar ligasi 6-turidan avval 1/8 finalga yo‘llanma olgan klublar: «Ayaks», «Atletiko», «Bavariya», «Inter», «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Pari Sen-Jyermen», «Real», «Sporting», «Chelsi», «Yuventus».
6-tur o‘yinlaridan keyin 1/8 finalga chiqishi mumkin bo‘lgan klublar: «Atalanta», «Barselona», «Benfika», «Vilyarreal», «Volfsburg», «Zalsburg», «Lill», «Sevilya».
Yevropa ligasi pley-off o‘tish o‘yinida ishtirok etishi oydinlashgan klublar: «Borussiya» Dortmund, «Zenit», «Portu», «RB Leypsig», «Sherif».
Yevropa ligasi pley-off o‘tish o‘yinida ishtirok etish imkoniyatini yo‘qotmagan klub: «Yang Boyz».
Markaziy o‘yin: «Bavariya» «Barsa»ga qarshi eng kuchli tarkib bilan o‘ynaydi
«Bavariya» - «Barselona» o‘yini faqat ushbu turning emas, YeChLning eng markaziy to‘qnashuvlaridan biri sifatida e'tirof etilgan. Ammo jamoalarning o‘zaro so‘nggi o‘yinlarida nemis klubining yaqqol ustunligi ko‘rinadi. «Barselona» so‘nggi marta «Bavariya»ni 2015 yilda YeChL yarimfinali birinchi o‘yinida 3:0 hisobida mag‘lub etgan va o‘shanda Xavi kataloniyaliklar safida to‘p surgan. So‘nggi 6 yildagi oxirgi ikki o‘yin 2020 yil (2:8) va 2021 yilda (0:3) o‘tib, «Barselona» raqibidan qaqshatqich zarbani qabul qilib olgan.
Bu safar Myunxenda jamoasini bosh murabbiy sifatida boshlab tushadigan Xavini jiddiy sinov kutmoqda. «Barsa» 2000 yildan keyin ilk marta guruh bosqichidan pley-offga qolib ketish xavfi ostida.
Ustiga-ustak myunxenliklar 1-o‘rin masalasini hal etgan bo‘lishiga qaramay, «Bavariya» bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann «Barselona»ga qarshi ayni damdagi eng kuchli tarkibi maydonga tushirilishini ma'lum qildi.
«Barselona»ga qarshi o‘yinni 1-o‘rin masalasini hal qilganimizdan keyin o‘ynayotganimiz xursand qiladi. Shunga qaramay, ularga qarshi bahs biz uchun ham muhimlik darajasini yo‘qotmagan. Biz guruhdagi boshqa jamoalarga nisbatan ham adolatli munosabatda bo‘lishimiz kerak. «Barsa»ga qarshi imkon darajasidagi eng kuchli tarkib bilan o‘ynaymiz.
Xavi hali futbolchilari bilan ko‘p ishlay olmagan bo‘lsa-da, jamoa o‘yinida o‘zgarish sezilmoqda. Xavi qo‘l ostida «Barsa» avvalgidan yuqoriroq himoyalanmoqda. Ularning qarshi pressingi ancha faollashdi. Jamoada jahon darajasidagi o‘yinchilar talaygina. Ha, guruhdagi jadval ularga bosim yuklashi aniq, raqib g‘alaba uchun bor kuchini sarflashini kutyapman. Gap «Barsa»ni turnirdan chiqarib yuborishda emas, biz shunchaki 3 ochko olishni istaymiz. «Barsa»ni ham sovrin uchun da'vogarlar qatorida bilaman», - deya Nagelsmannning so‘zlarini keltirgan UYeFA rasmiy sayti.
YeChL. 6-tur. 8 dekabr (chorshanba)
E guruhida vaziyat qanday?

• «Bavariya» 1/8 finalga 1-o‘rin bilan chiqdi.
• «Barselona» «Bavariya»ni mag‘lub etsa yoki «Benfika» ochko yo‘qotsa, Kataloniya klubi 1/8 finalga chiqadi.
• «Benfika» «Dinamo»ni mag‘lub etsa, «Barselona» esa «Bavariya» bilan bahsda ochko yo‘qotsa, portugal klubi 1/8 finalga chiqadi.
• «Dinamo» guruhda so‘nggi 4-o‘rinda qolishi aniq.
«Bavariya» - «Barselona»
«Bavariya»: Noyyer; Pavar, Zyule, Nyanzu, Devis; Roka, Tolisso; Musiala, Myuller, Koman; Levandovski
O‘ynamaydi: Kyuizans (karantin), Kimmih (karantin), Zabitser (jarohat), Sarr (jarohat), Stanishich (jarohat), Shupo-Moting (jismoniy holat), Goretska (jarohat), Gnabri (jarohat)
So‘roq ostida: Ernandes (jarohat)
«Barselona»: ter Stegen; Arauxo, Pike, Langle; Dembele, F. de Yong, Buskets, Alba; Niko Gonsales, Depay, Gavi
O‘ynamaydi: Aguero (yurak), Pedri, Serxi Roberto, Fati, Breytveyt (barchasida jarohat)
«Benfika» - «Dinamo» Kiyev
«Benfika»: Vlaxodimos; Morato, Otamendi, Vertongen; Jilberto, Vaygl, Joau Mariu, Grimaldo; Rafa Silva, Yaremchuk, Darvin Nunes
O‘ynamaydi: Verissimo, Pino, Radonich (barchasida jarohat)
«Dinamo» K: Bushan; Timchik, Zabarniy, Sirota, Mikolenko; Andriyevskiy, Shepelev; Karavayev, Buyalskiy, de Pena; Kulach
O‘ynamaydi: Besedin (jarohat), Kendzera (noma'lum)
F guruhida vaziyat qanday?

• «Manchester Yunayted» 1-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqdi.
• «Vilyarreal» «Atalanta»ga mag‘lub bo‘lmasa, 1/8 finalga chiqadi. Mag‘lubiyatga uchrasa, 3-o‘rin bilan Yevropa ligasi pley-off o‘tish o‘yinida qatnashadi.
• «Atalanta» «Vilyarreal»ni mag‘lub etsa, 1/8 finalga chiqadi. Durang qayd etilsa, Italiya klubi Yevropa ligasi pley-off o‘tish o‘yinida qatnashadi.
• «Yang Boyz» 1/8 finalga chiqish imkoniyatini yo‘qotgan. Shveytsariya klubi «MYu»ni mag‘lub etsa, «Atalanta» esa «Vilyarreal»ga mag‘lub bo‘lsa Yevropa ligasi pley-off o‘tish o‘yinida qatnashadi.
«Manchester Yunayted» - «Yang Boyz»
«MYu»: Henderson; Uan-Bissaka, Lindelef, Maguayr, Aleks Telles; Maktominey, Matich; Mata, Donni van de Bek, Reshford; Ronaldu
O‘ynamaydi: Pogba, Varan (ikkisida ham jarohat)
So‘roq ostida: Kavani (jismoniy holat), Shou (jismoniy holat)
«Yang Boyz»: Fevr; Xefti, Lustenberger, Lauper, Lefort; Sulaymoni, Serro, Ebisher, Ngamale; Elia, Sibacho
O‘ynamaydi: Garsiya (jarohat), Fassnaht (miya chayqalishi), Mambimbi (jarohat), Monteyru (jarohat), Petinya (jismoniy holat), Rider (betob), Nsame (jarohat), Tseziger (jarohat)
So‘roq ostida: Kanga (bosh)
«Atalanta» - «Vilyarreal»
«Atalanta»: Musso; Toloy, Demiral, Palomino; Dzappakosta, Koopmeyners, de Roon, Mele; Pashalich; Malinovskiy, Sapata
O‘ynamaydi: Gozens, Lovato (ikkisida jarohat)
«Vilyarreal»: Ruli; Foyt, Albiol, Pau Torres, Pedrasa; Trigeros, Kapu, Parexo, Moy Gomes; Chukvueze, Jyerar Moreno
O‘ynamaydi: Yyeremi Pino (diskvalifikatsiya)
So‘roq ostida: Danjuma (noma'lum), Koklen (noma'lum)
G guruhida vaziyat qanday?

«Volfsburg» (5) - «Lill» (8), «Zalsburg» (7) - «Sevilya» (6)
• «Lill» «Volfsburg»ga mag‘lub bo‘lmasa, 1/8 finalga chiqadi. Fransuzlar safardagi g‘alaba yoki «Zalsburg» «Sevilya»ni mag‘lub eta olmasa, 1-o‘rinni olishadi.
• «Zalsburg» «Sevilya»ga mag‘lub bo‘lmasa, pley-offga yo‘l oladi. Avstriya klubi g‘alaba qozonib, «Lill» ochko yo‘qotgan taqdirda, «Zalsburg» 1-o‘rin bilan nimchorakfinalga yo‘l oladi.
• «Sevilya» «Zalsburg»ni mag‘lub etsa, 1/8 finalga chiqadi. «Lill» «Volfsburg»ga mag‘lub bo‘lsa, ispan klubi 1-o‘rinni egallaydi.
• «Volfsburg» «Lill»ni mag‘lub etsa, pley-offga yo‘llanma oladi. Nemislar g‘alaba qozonib, parallel o‘yinda durang qayd etilsa, «Volfsburg» 1-o‘rinni egallaydi.
«Zalsburg» - «Sevilya»
«Zalsburg»: Ken; Kristensen, Sole, Ongene, Ulmer; Kamara; Suchich, Aronson, Zayvald; Adamu, Adeyyemi
O‘ynamaydi: Bernardo, Yunuzovich, Okoh, Veber (barchasida jarohat)
So‘roq ostida: Okafor (jarohat)
«Sevilya»: Bunu; Montiel, Kunde, Diyego Karlos, Augustinsson; Jordan, Fernando, Rakitich; Okampos, Rafa Mir, Gomes
O‘ynamaydi: Akunya, An-Nosiri, Navas, Lamela, Suso (barchasida jarohat)
«Volfsburg» - «Lill»
«Volfsburg»: Kasteyels; Lakrua, Gilyavogi, Bruks; Baku, Arnold, Vranks, Paulo Otavio; Lyukbakio, Vegxorst, Valdshmidt
O‘ynamaydi: Nmecha (diskvalifikatsiya)
So‘roq ostida: Kasteyels (betob), Shteffen (jarohat)
«Lill»: Grbich; Zeki Chelik, Fonte, Botman, Reynildu; Ikone, Andre, Renatu Sanshesh, Yusuf Yaziji; Devid, Burak Yilmaz
O‘ynamaydi: Bamba (diskvalifikatsiya), Sheka (diskvalifikatsiya), Vea (jarohat)
H guruhida vaziyat qanday?

• «Chelsi» 1/8 finalga chiqqan. «Zenit» mag‘lub etilsa Tuxel klubi 1-o‘rinni kafolatlaydi. «Chelsi» durang qayd etsa va «Yuventus» ochko yo‘qotsa, London klubi 1/8 finalga peshqadam sifatida yo‘l oladi.
• «Yuventus» 1/8 finalga chiqqan. Turin klubi «Malmyo»dan ustun kelsa va «Chelsi» ochko yo‘qotsa, italiyaliklar 1-o‘rinni egallaydi.
• «Zenit» har qanday natijaga qaramay, 3-o‘rinda qolib Yevropa ligasi pley-off o‘tish o‘yinida ishtirok etadi.
• «Malmyo» 4-o‘rinda qoladi.
«Zenit» - «Chelsi»
«Zenit»: Kerjakov; Karavayev, Lovren, Rakitskiy, Duglas Santos, Krugovoy; Malkom, Kuzyayev, Barrios, Klaudino; Ozmun
O‘ynamaydi: Chistyakov (diskvalifikatsiya), Kritsyuk (jarohat)
«Chelsi»: Mendi; Aspilikueta, Tyago Silva, Ryudiger; Jyeyms, Loftus-Chik, Jorjino, Alonso; Maunt, Verner, Pulishich
O‘ynamaydi: Kovachich, Kante, Chiluell, Chaloba (barchasida jarohat)
So‘roq ostida: Alonso, Havers, Jorjino (barchasida jarohat)
«Yuventus» - «Malmyo»
«Yuventus»: Shensni; Kuadrado, de Lixt, Bonuchchi, Aleks Sandro; Kulusevski, Rabo, Lokatelli, Bernardeski; Dibala, Morata
O‘ynamaydi: Keza, Danilo, Remzi (barchasida jarohat)
So‘roq ostida: Makkenni, de Shilo (ikkisida ham jarohat)
«Malmyo»: Dalin; Larsson, Axmedxodjich, Nilsen, Moysander; Berget, Kristiansen, Innosent, Penya; Birmanchevich, Cholak
O‘ynamaydi: Toyvonen, Knudsen, Beymo, Seydiu (barchasida jarohat)
So‘roq ostida: Kristiansen (jarohat), Levitski (jarohat).
YeChL 6-tur uchrashuvlari vaqti va TV-translatsiyasi:
Mavzuga oid
20:31 / 16.04.2025
«Butun dunyo o‘yin tugadi, deb o‘ylagandi». «Real»ning YeChL pley-offlaridagi 5 ta kambeki
12:16 / 05.03.2025
Madrid derbisida shedevr gollar, «Arsenal»da rekord hisob. YeChLda kun o‘yinlari
16:33 / 21.02.2025
YeChL qur’asi: «Liverpul»ga «PSJ» raqib va Madrid derbisi
16:14 / 19.09.2024