Bugun kimlar pley-offga töğridan töğri ötişi, kimlar ötiş öyinlariga qolişi ma’lum böladi. «Barselona» va «Siti» kuçli sakkizlikdan taşqarida qolişi, «Napoli» esa umuman pley-offga çiqa olmasligi mumkin. Konte jamoasi «Çelsi»ga qarşi öynaşiga töğri keladi. Faqat tört klubda heç qanday motivatsiya qolmagan.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Çorşanba oqşomida Çempionlar ligasida umumiy guruh bosqiçi yakunlanadi. Yakuniy tur öyinlari (biratöla 18 öyin) nafaqat bir kunda, balki bir vaqtda ötkaziladi. Umumiy guruh bosqiçi yakunlariga köra 36 klubdan 24 tasi sovrin uçun kuraşni davom ettiradi.
YeÇL formati haqida
Çempionlar ligasi ikkinçi mavsumdirki, yangilangan formatda bölib ötmoqda. 36 klub, umumiy turnir jadvali, Sakkiz tur yakunlariga köra 24 klub guruhdan çiqadi. Kuçli sakkizlikdan örin oliş – katta imtiyoz beradi. Birinçidan, bu jamoalar töğridan töğri 1/8 finalga ötişadi. Tiğiz taqvimda – ikkita qöşimça öyin minus bölişi har qanday klub uçun foydali. Ikkinçidan, bu jamoalar 1/8 finalda javob öyinlarini öz stadionida ötkazadi.
Jamoalar yakuniy jadvalda qançalik yuqorida joylaşsa, pley-offda javob öyinlarini öz uyida ötkaziş imkoniyati oşadi. 1-4-örinlardagi jamoalar nafaqat 1/8 finalda, balki çorakfinalda ham (agar bu bosqiçga çiqa olsa) ikkinçi öyinni öz maydonida qabul qiladi. Dastlabki ikki örin sohiblari esa yarimfinalda ham javob öyinini öz maydonida ötkaziş huquqini qölga kiritadi (agar bu bosqiçga çiqa olişsa). Agar bunday imtiyozga ega bölgan klub yutqazsa, imtiyoz bu klubni pley-offdan çiqarib yuborgan jamoaga ötadi.
9-örindan 24-öringaça bölgan jamoalar esa ötiş bosqiçida qatnaşişi kerak. Bu 1/16 final emas (juftliklar soni 16 ta emas, balki sakkizta), ammo 1/8 finaldan oldingi qöşimça pley-off bosqiçi hisoblanadi.
Ötiş öyinlari 17/18 va 24/25 fevral kunlariga, 1/8 final – 10/11 va 17/18 mart kunlariga belgilangan. Ötiş öyinlari uçun qur’a taşlaş marosimi 30 yanvarda, pley-offning boşqa bosqiçlari uçun qur’a – 27 fevralda bölib ötadi. Finalga 30 may kuni Budapeşt mezbonlik qiladi.
Ötiş bosqiçida kim kimga qarşi öynaydi? 16 klubning har birida faqat ikkitadan ehtimoliy raqib böladi. Bu yerda barçasi jamoalarning turnir umumiy guruh bosqiçida egallagan örniga boğliq.
9- va 10-jamoa 23- yoki 24-jamoaga qarşi;
11- va 12-jamoa 21- yoki 22-jamoaga qarşi;
13- va 14-jamoa 19- yoki 20-jamoaga qarşi;
15- va 16-jamoa 17- yoki 18-jamoaga qarşi öynaydi;
Muayyan misollarda körib çiqamiz. Agar umumiy guruh bosqiçi hozir yakunlangan bölganida, unda töqqizinçi va öninçi örinlardagi jamoalar (hozir bu «Barselona» va «Sporting») ötiş bosqiçida yoki «Atletiko» (23-jamoa), yoki «Olimpiakos» (24) bilan töqnaşgan bölardi. Aynan qaysi örindagi klub raqib bölişini esa qur’a aniqlaydi. 1/8 finalda bu törtlik ğoliblari (ikki klub) yoki «Nyukasl» (7-örindagi jamoa), yoki «Çelsi» (8) bilan öynaydi.
Mavzuga oid
Agar jamoalarning oçkolari teng kelib qolsa, unda qöşimça körsatkiçlarga qaraladi.
Töplar nisbati
Urilgan gollar soni
Safardagi gollar soni
Ğalabalar soni
Safardagi ğalabalar soni
Raqiblar işlagan oçkolar soni*
Raqiblarning töplar nisbati*
Raqiblar urgan gollar soni*
Intizomiy ballar (sariq va qizil kartoçkalar – töğridan töğri qizil kartoçka uçun 3 oçko, ikki sariq kartoçkadan keyingi çetlatiş uçun 3 oçko, sariq kartoçka uçun 1 oçko yoziladi)
Klub koeffitsiyenti
Yakuniy tur arafasidagi vaziyat
«Arsenal» (21 oçko) va «Bavariya» (18 oçko)
Bu jamoalar allaqaçon 1/8 finalni kafolatlagan. «Arsenal»ga birinçi örinda qoliş uçun sönggi turda «Qayrat»ga yutqazmaslikning özi yetarli böladi. London klubi öz uyida öynaşi hisobga olinsa, bu uddalaş qiyin bölmagan vazifa. Agar «Arsenal» yutqazsa, unda birinçi örinda qolişi uçun «Bavariya» PSV maydonida ğalaba qozonmasligi kerak böladi.
Inglizlar jamoasi öz öyinida yutqazib, «Bavariya» öz öyinida ğalaba qozonsa ham, birinçi örinda qolişi mumkin, buning uçun «Arsenal»da töplar nisbati yaxşiroq bölişi talab etiladi. Nemis klubi Eyndhovenda oçko oladigan bölsa, ikkinçi örindan pastga tuşmasligi kafolatlangan. Umumiy guruhda dastlabki ikki örinni egallagan jamoalar finalga qadar özaro töqnaşmaydi.
«Real» va «Liverpul» – 15 tadan oçko
Yevropaning ikki top-klubi YeÇL pley-off bosqiçida öynaşi aniq. Gap ular töğridan töğri 1/8 finalga çiqiş yoki çiqmasligida. Yakuniy turdagi ğalaba ularga ham, hozirda top-8 da turgan boşqa jamoalarga ham örnini saqlab qolişni kafolatlaydi. «Real» 8-turni safarda «Benfika»ga qarşi ötkazadi, «Liverpul»ni «Qoraboğ»ga qarşi uy uçraşuvi kutmoqda. Madridliklar jamoasi, katta ehtimol bilan, durang öynagan taqdirda ham 1/8 finalga ötadi, çunki uşbu jamoada töplar nisbati juda yaxşi («+11»). «Liverpul»ning bu boradagi körsatkiçi biroz pastroq («+6»), şuning uçun uşbu jamoa imkon qadar ğalaba qozonişi kerak böladi.
«Tottenhem» (14 oçko)
APLda işlar yomonligiga qaramay, London klubi Çempionlar ligasida yaxşi iştirok etmoqda. Sönggi turdagi ğalaba («Tottenhem» safarda «Ayntraxt»ga qarşi öynaydi) inglizlarga 1/8 final yöllanmasini naqd qiladi. Durang ham yetarli bölişi mumkin, bu holda «Tottenhem»ga quyiroqda joylaşgan boşqa jamoalarning yordami kerak böladi.
«Real», «Liverpul» va/yoki «Tottenhem» oçko yöqotişi uşbu klublar uçun katta plyus böladi va ularning ğalaba qozoniş orqali nimçorak finalga töğridan töğri yöllanmaga ea böliş imkoniyatini oşiradi. Bu jamoalar uçun töplar nisbati muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa «PSJ» va «Nyukasl» uçraşuvida intriga katta. Ikki jamoa ham özaro durang öynab 1/8 finalga çiqişi mumkin, şu bilan birga, ulardan heç biri özini xavfsiz his qila olmaydi. Ikki jamoada ham töplar nisbati yaxşi ekanidan kelib çiqib, ğalaba qaysidir jamoaning keyingi bosqiçga töğridan töğri yöl olişini ta’minlaşini aytiş mumkin.
«Sporting» safarda «Atletik» bilan, «Çelsi» – Italiyada «Napoli»ga qarşi öynaydi, «Barsa» uyda «Kopenhagen»ni, «Siti» – «Galatasaroy»ni qabul qiladi, «Atalanta» esa Belgiyaning «Yunion» klubi maydoniga safar qiladi. Agar «Barsa» va «Siti» kerakli natijaga erişa olmasa, fevral oxirida ötiş öyinlarida qöşimça ikki öyin ötkazişiga töğri keladi.
«Inter», «Yuventus» – 12 tadan oçko
Italiyaning uşbu ikki klubi pley-offda öynaşi aniq. Töğridan töğri 1/8 finalda paydo böliş uçun esa «Inter» va «Yuve» öz öyinlarida ğalaba qozonişidan taşqari, hozirda 13 tadan oçkoga ega bölgan sakkizta klubdan oltitasi yakuniy turda ğalaba qozona olmasligiga umid qilişi kerak böladi. «Inter»ning töplar nisbati yaxşiroq («+6»), bu esa oçkolar teng kelib qolganda jamoa foydasiga xizmat qilişi mumkin.
«Borussiya» (11 oçko), «Galatasaroy» (10) va «Qoraboğ» (10)
Nazariy jihatdan bu jamoalarda ham top-8 ga kirib oliş imkoniyati yöq emas, ammo amalda ular, katta ehtimol bilan, top-24 da qoliş haqida öylaşmoqda (bu köproq «Galatasaroy» va «Qoraboğ»ga taalluqli). Agar «Borussiya» birgina oçko olsa ham, ötiş öyinlaridagi iştirokini ta’minlaydi. «Galatasaroy» va «Qoraboğ»ni esa sönggi turda juda qiyin raqiblar (mos ravişda «Mançester Siti» va «Liverpul») kutmoqda. Bu jamoalar bu öyinlarda yutqazadigan bölsa, parallel uçraşuvlar natijasiga qaraş kerak böladi.
«Marsel», «Bayyer», «Monako» – 9 tadan oçko
Bu klublarning vazifasi quyidagiça: sönggi turda ğalaba qozoniş – va ötiş öyinlariga ötiş. «Marsel» safarda «Bryugge» bilan, «Bayyer» uyda «Vilyarreal» bilan, «Monako» ham uyda «Yuventus»ga qarşi öynaydi. Bu jamoalarni durang ham qoniqtirişi mumkin, ammo bu turnir jadvalida quyiroqda joylaşgan jamoalarga qöşimça umid beradi. «Monako» oçko yöqotadigan bölsa oğir ahvolga tuşib qoladi. Turnir jadvalida quyiroqda joylaşgan va pley-off uçun imkoniyat saqlab qolayotgan olti klubdan beştasida töplar nisbati yaxşiroq.
Katta ehtimol bilan, köp narsani töplar nisbati hal qiladi. «Olimpiakos» aynan şu omil tufayli 24-örin uçun kuraşda «Napoli»dan oldinroqda joylaşgan. Greklar klubi sönggi turni Niderlandiyada «Ayaks»ga qarşi ötkazadi, «Napoli»ni esa «Çelsi»ga qarşi şiddatli bahs kutmoqda. PSV uyda «Bavariya»ni qabul qiladi, «Kopenhagen» – «Barselona» bilan öynaydi (safarda). «Atletik» yuqorida eslanganidek «Sporting» bilan, «Bryugge» – «Marsel» bilan öynaydi.
Bu jamoalarga sönggi öyinda faqat ğalaba kerak, hatto bu heç narsani kafolatlamasa ham, barçasi parallel uçraşuvlardagi natijalarga boğliq böladi.
«Budyo-Glimt», «Benfika», «Pafos», «Yunion», «Ayaks» – 6 tadan oçko
Bu yerda barçasi oddiy. Bu jamoalar yoki sönggi turda ğalaba qozonib, ötiş öyinlari uçun imkoniyatga ega böladi, yoki umumiy guruh bosqiçi yakunlariga köra turnirni tark etadi.