Özbekistonliklar kripto-aktivlar haqida nimalarni bilişi lozim?
|19:25 / 08.12.202136 92411 min
Özbekistonda kripto-aktivlarni sotib olişga ruxsat berildi, endi ularni kripto-birjadan sotib oliş mumkin. Xöş, bu borada nimalarni biliş lozim: kripto-birjadan qanday sotib oliş mumkin, qaysi kripto-birjalar faoliyat yuritadi? Kun.uz mavzu yuzasidan mutaxassis bilan suhbatlaşdi.
Fotokollaj: Kun.uzFotokollaj: Kun.uz
2019 yilda tasdiqlangan “Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalaş tartibi töğrisida”gi nizomga yaqinda kiritilgan özgariş va qöşimçalar özbekistonliklarga kripto-aktivlar bilan oldi-sotdi operatsiyalarni amalga oşiriş huquqini berdi.
Bu borada fuqarolar nimalarni bilişlari lozim? Prezident huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligining Kripto-aktivlar aylanmasini rivojlantiriş bölimi boşliği Asqar Zokirov Kun.uz savollariga javob berdi.
— Özbekistonliklar uçun kripto-aktivlarni kripto-birjada sotib olişga ruxsat berildi. Şu paytga qadar ularning savdosi noqonuniy hisoblangan, buning sababi nimada?
— Avvalambor, Özbekiston Respublikasi qonunçiligida kripto-aktivlar bilan savdolarni amalga oşiriş noqonuniy etib belgilanmaganini ta’kidlab ötiş lozim. Prezidentning 3832-son qarorida kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oşiriş uçun tegişli litsenziya oliş tartibi joriy etilgan (talab 2018 yil 1 oktyabrdan rasman kuçga kirgan).
Şuningdek, Loyiha boşqaruvi agentligi direktorining 172-son “Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalaş tartibi töğrisidagi nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi buyruği bilan Özbekiston Respublikasi rezidentlariga kripto-birjada faqatgina kripto-aktivlarni sotişga doir operatsiyalarni amalga oşiriş huquqi berilgan edi.
Uşbu çeklov nega qöyilgan edi? Bu aççiq haqiqat, ammo 2019 yilda olib borilgan örganişlar natijasida fuqarolarimizning aksariyat qismi kripto-aktivlar özi nimaligi, ular bilan oldi-sotdi operatsiyalar qay tarzda amalga oşirilişi, ularga sarmoya kiritişda mavjud bölgan xatarlar, ya’ni kripto-aktivlar narxlarining yuqori özgaruvçanligi bilan boğliq pul yöqotişlari haqidagi bilimlari pastligi aniqlangan edi.
Bundan taşqari, kripto-aktivlarning texnik (anonimlik) xususiyatidan kelib çiqib, çet el mamlakatlari qatori, Özbekiston hududida ham, ayrim şaxslar tomonidan, fuqarolarimiz mablağlarini “moliyaviy piramida” tizimi asosida, özlarining firibgarlik loyihalariga katta foizli dividendlarni va’da qilgan holda, kripto-aktivlar yordamida sarmoya kiritişga qaratilgan tarğibot işlari amalga oşirilayotganini körişimiz mumkin.
Masalan, yagona şaxs yoki bir guruh şaxslar, noqonuniy yöl bilan pul işlaş maqsadida, özlarining loyihalari doirasida, internetda tegişli bir veb-sahifa yaratadilar. Mazkur veb-sahifada har bir mijoz uçun tegişli “Şaxsiy kabinet” oçişga imkoniyat beradilar. Şaxsiy kabinetda texnik jihatdan tez va qulay tarzda yaratiladigan, heç nima bilan ta’minlanmagan va tekşirib bölmaydigan qandaydir bir hisob birligini yaratib, mijozga loyihada qatnaşiş uçun uning pul mablağlarini kripto-aktiv (
Mavzuga oid
masalan “Bitkoin”
)da ma’lum bir kripto-manzilga taşlaşini, yoki mazkur loyiha taşkilotçilarining jismoniy ofisiga kelib naqd pul körinişida berişini talab qiladilar.
Bunda mijozning kripto-aktiv orqali yuborgan yoki naqd pul sifatida bergan mablağlari uning “Şaxsiy kabinet”ida göyoki mijozga tegişli bölgan mablağ sifatida körinib turadi va vaqt ötişi bilan, mijoz uşbu loyihaga olib kelgan yangi iştirokçilar mablağlaridan, unga dividend sifatida oşib borib turadi. Vaholanki, mijoz uning şaxsiy kabinetida körinayotgan va oşib borayotgan bu mablağlar aslida soxtaligidan xabari bölmaydi.
Kripto-aktivlar bilan amalga oşirilgan operatsiyalarni ular tasdiqlanganidan söng qaytarib bölmasligini hamda kripto-aktivlar yordamida mablağlarni töliq monitoring qiliş tizimi mavjud emasligini hisobga olib, mazkur mijozning loyihaga kiritgan barça mablağlari yöqotilişiga olib keladi (aslida bu oddiy misol edi, bunday loyihalarning boşqa turlari va pul jalb qilişning boşqa yöllari ham mavjud).
Şu sababli öşa davrda Özbekiston rezidentlariga, tegişli litsenziyaga ega kripto-birjalarda, özlarining kripto-aktivlarini qonuniy ravişda sotişlariga ruxsat berilgan edi. Şuningdek, rezidentlar mazkur kripto-aktivlarga 2018 yil 1 oktyabrga qadar qay tarzda erişganlari yuzasidan savollar bölmagan.
Ha, aytganday, esingizda bölsa, 2020 yil 14 yanvar kuni, Agentlikning veb-sahifasida fuqarolarni xabardor qiliş va huşyorlikka çaqiriş maqsadida, “moliyaviy piramidalar” körinişidagi turli firibgarlik va şubhali loyihalarning asosiy belgilari qanday bölişi yuzasidan ma’lumot berilgan. Hozirda ham, kripto-aktivlar bilan boğliq bölgan ma’lumotlar Agentlikning veb-sahifasi orqali muntazam ravişda e’lon qilib kelinadi.
Örganişlar natijasida aholining bu boradagi bilimlari hamda kripto-aktivlarga sarmoya kiritiş va ular bilan oldi-sotdi operatsiyalarni amalga oşirişga bölgan qiziqişlari oşganini kuzatdik va tahlil qildik.
Natijada, qonunçilikka tegişli özgariş va qöşimçalar kiritildi. Ya’ni Özbekiston Respublikasi hududida kripto-birja faoliyatini amalga oşiriş uçun tegişli litsenziyaga ega kripto-birjalarda Özbekiston rezidentlari tomonidan kripto-aktivlar bilan kripto-birja savdolarining barça turlarini milliy valutada amalga oşiriş huquqi taqdim etildi.
— Keling, yanada oddiy tilda aytsak, kimlar kripto-aktivlarni qanday şaklda sotadi yoki sotib oladi?
— Masalan, sizda kripto-aktiv bor va siz uni tegişli litsenziyaga ega kripto-birja orqali sotmoqçisiz. Buning uçun:
1. Mijoz kripto-birjada röyxatdan ötadi. Bunda yuqorida keltirilgan talablarga, ya’ni KYC va AML tizimlariga muvofiq tegişli ravişda identifikatsiyadan ötadi. Bundan taşqari, kripto-birja identifikatsiya qiliş doirasida boşqa talablarni qöyişga haqli;
2. Mijoz röyxatdan ötganidan söng uning şaxsiy kabineti oçiladi va mazkur kabinetda, kripto-aktivning turidan kelib çiqib, uning kripto-manzillari va boşqa tegişli ma’lumotlari saqlanadigan kripto-hamyoniga ruxsat beriladi;
3. Mijoz öz hamyonini milliy valutada töldirganidan söng, kripto-birjada mavjud bölgan (kripto-aktivlar turlarining mavjudligi kripto-birja tasarrufida böladi) kripto-aktivlar bilan kripto-birja savdolarining barça turlarini amalga oşirişga ruxsat beriladi. Bunda, kripto-aktivlarni sotib olişga qaratilgan operatsiyalar faqatgina rezidentlar orasida va milliy valutada, norezidentlarga esa kripto-aktivlarni xorijiy valutaga sotiş huquqi berilgan.
Masalan, mijoz – Özbekiston rezidenti, uning kripto-birjadagi kripto-hamyonida saqlanayotgan kripto-aktivlarini, norezidentga (boşqa davlat fuqarosiga) çet el valutasiga (AQŞ doll., Yevro va boşq.) sotişi mumkin. Bunda, norezident kripto-aktivga, rezident esa çet el valutasiga ega böladi. Özbekiston Respublikasi rezidentlari orasidagi operatsiyalar (sotib olmoq va sotmoq) esa faqatgina milliy valutada amalga oşiriladi.
— Deylik, men kripto-birjadan kripto-aktiv sotib olmoqçiman, bunday kripto-birjalarni qayerdan topaman? Özi Özbekistonda rasmiy faoliyat yuritadigan kripto-birjalar qaysilar?
— Hozirgi kunda, Özbekiston Respublikasi hududida, kripto-birja faoliyatini amalga oşiriş uçun tegişli litsenziyaga (litsenziya 2019 yil 20 dekabr kuni berilgan) ega bölgan, Koreya Respublikasining “Kobea Group” AJ tomonidan taşkil etilgan “UzNEX” (uznex.com) kripto-birjasi faoliyat yuritmoqda.
— Yana qaysi birjalar faoliyati yölga qöyilişi kutilmoqda?
— Agentlik prezidentning 3832-son qarori bilan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni litsenziyalaş böyiça vakolatli organ etib belgilangan.
Şu bois kripto-birja faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziya olmoqçi bölgan (çet el yuridik şaxslari) şaxslar, Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalaş tartibi töğrisidagi nizomda keltirilgan tartibga rioya etgan holda hujjatlarni topşirişlari mumkin.
Jahon tajribasidan kelib çiqadigan bölsak, kripto-birjalar aslida hammasi xususiy kompaniyalar hisoblanadi. Ular faoliyat yuritayotgan yurisdiksiyaning tegişli davlat organi tomonidan berilgan litsenziya hamda FATF (Pul yuvişga qarşi çoralar işlab çiqiş böyiça xalqaro guruh)ning tavsiyalari asosida öz faoliyatini amalga oşiradilar.
Hozirda, bir-ikkita kompaniyalar Özbekiston hududida kripto-birja faoliyatini yölga qöyiş yuzasidan xohiş bildirganlar. Ular bilan muzokaralar davom etmoqda. Mazkur kompaniyalar tomonidan kripto-birjalar faoliyatini tartibga soluvçi qonunçiligimizda keltirilgan barça talablar amalga oşirilganidan söng ular haqidagi ma’lumotni veb-sahifamizda e’lon qilamiz.
— Kripto-aktivlar yuqori tavakkalçilikka asoslangani ta’kidlanadi, bu borada odamlar nimalarni bilişi lozim?
— Yuqori tavakkalçilikka asoslangan deganda, kripto-aktivlarga sarmoya kiritmoqçi bölgan fuqarolar, ya’ni ularni sotib olib, kelgusida kripto-aktivlarning narxlari oşişi natijasida ularni sotib foyda köriş vositasi sifatida işlatayotganda ehtiyot bölişlari lozim.
Çunki siz masalan, bir kripto-aktivni sotib olib qöyasiz-da, ertaga uning narxi jadal tarzda tuşib ketadigan bölsa, kuyib qolişingiz heç gap emas. Şu sababli ham, kiritilgan özgartiriş va qöşimçalar qatorida “sotib oliş obekti sifatida kripto-aktivlarni tanlaş va bu tanlovning tegişli oqibatlari sotib oluvçining öz tavakkalçiligi asosida” bölişi ta’kidlab ötilgan.
Şu bois, aholimizdan kripto-aktivlarga sarmoya kiritişda juda ehtiyot va huşyor bölişlarini sörab qolamiz.
Kripto-birjalar faoliyatini yölga qöyişdan maqsad ham aholimiz öz kripto-aktivlarini sotişlarida yoki ularni sotib olişlarida bexatar va qonuniy usulni tatbiq etişdir.
Bu fuqarolar uçun köçadan bir noma’lum şaxsni topib, özini va mablağlarini xavf-xatarga qoldirib, kripto-aktivlarni sotişi yoki sotib olişidan asraydi.
— Fuqarolar kripto-aktivlar borasida yana nimalarni bilişlari zarur?
— Fikrimça, bu borada 6ta narsani biliş muhim:
kripto-aktivlarning texnik tuzilişi va ular haqidagi bazaviy bilimlarni, ya’ni raqamli savodxonlikni doimiy ravişda oşirib boriş;
kripto-aktivlarni elektron pullardan farqlaş;
kripto-aktiv narxi juda yuqori özgaruvçanlik xususiyatiga ega, unga sarmoya kiritayotganda juda ehtiyot böliş (kiritilgan sarmoyani juda tez yöqotişlari mumkin), şu jumladan, kripto-aktivlarga sarmoya kiritişda har qanday şaklda qarz olmaslik;
kripto-aktivlarni sotib olişdan oldin mazkur sohada bilimga ega böliş va kripto-aktivlar bilan amalga oşiriladigan oldi-sotdi operatsiyalarni tegişli litsenziyaga ega kripto-birjalarda amalga oşiriş;
raqamli gigiyena (rus tilida: “tsifrovaya gigiyena”)ga rioya etişlari kerak. Bunda ular özlarining şaxsiy kalitlari, şaxsiy kabinetning login va parollari, hamyonning qayta tiklaş parollarini oşkor etilişi oldini oliş, şuningdek, hamyon parollarini muntazam ravişda özgartirib boriş va notaniş havolalarni mazkur parollar saqlanayotgan raqamli qurilmalar orqali oçmaslik hamda mazkur qurilmalar kiberxavfsizligini (viruslarga qarşi kuraşişhavolalarini örnatgan holda) ta’minlaş lozim.