Kriptobirjalar faoliyatini litsenziyalaş tartibi töğrisidagi nizom 2019 yilda tasdiqlangandi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi direktorining buyruği bilan nizomga bir qator özgarişlar kiritildi.
Xususan, endilikda:
- Özbekiston rezidentlari kriptoaktivlar va tokenlar bilan barça turdagi operatsiyalarni milliy valutada (sömda) amalga oşiriş huquqiga ega. Biroq norezidentlar kriptoaktivlarni faqat xorijiy valutaga sotişlari mumkin;
- bunda sotib oliş obekti sifatida kriptoaktivlarni tanlaş va bu tanlovning tegişli oqibatlari sotib oluvçining öz tavakkalçiligi asosida böladi;
- şuningdek, kiritilgan özgartirişlar tokenning ta’riflari va u bilan bir qator operatsiyalarni, jumladan, emissiyani çiqariş, joylaştiriş va röyxatga olişni ham öz içiga olgan;
- Özbekiston kriptobirjalarida sotiladigan barça tokenlar mulkiy ta’minotga ega bölişi kerak. Ta’minlanmagan tokenlarni çiqariş va joylaştiriş taqiqlanadi;
- kriptobirjalar özlarining tokenlarini joylaştirgan taşkilotlarni va ularning mulkiy xavfsizligi bor-yöqligini tekşirişlari şart. Şuningdek, jalb qilinişi rejalaştirilgan summaning kamida 10 foizi kriptobirjaning maxsus hisob raqamiga kiritilişi kerak.
Eslatib ötamiz, uşbu qaror loyihasi muhokamasi joriy yilning 14 mayida yakunlangandi.
Şu paytgaça kriptovaluta savdosi bilan şuğullaniş uçun Özbekistonda tölaqonli huquqiy asoslar mavjud emas edi.
Kriptovaluta savdosi bilan noqonuniy şuğullangan fuqarolarga Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) va 190-moddasi (faoliyat bilan litsenziyasiz şuğullaniş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Avvalroq, kriptovaluta sohasida daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş böyiça içki nazorat qoidalari tasdiqlangandi.
Loyiha boşqaruvi milliy agentligi joriy yilning sentabr oyida Özbekistonda kriptovaluta bilan boğliq norasmiy platformalar faollaşganini ma’lum qildi












