Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni elchisi bilan suhbat: viza masalasi, oliy darajadagi tashrif va bandlik sohasi haqida
O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga turistik vizani ham olish imkoniyatiga ega. Bu haqda Saudiya Arabistoni elchisi Yusuf al-Utaybiy Kun.uz’ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Elchining ta'kidlashicha, Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda barqaror rivojlanib bormoqda.
“Rasmiylar o‘rtasida tashriflar almashinuvi bo‘lib o‘tdi, ular davomida ko‘plab shartnomalar imzolandi. Biz hamkorlikni, xususan, O‘zbekistonga sarmoya jalb etish orqali yanada mustahkamlashga intilamiz. Ko‘plab sohalarda, jumladan, sarmoyaviy va boshqa sohalarda hamkorlikning ko‘plab jihatlari mavjud.
Koronavirus pandemiyasi jahon iqtisodiyotiga to‘liq ta'sir qilganiga shubha yo‘q. Biz Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirishga umid qilamiz va intilamiz. Bu, birinchi navbatda, podshohlikning O‘zbekistondan import qiladigan tovarlari (mevalar, yong‘oqlar, kiyim-kechaklar), shuningdek, podshohlikning O‘zbekistonga eksport qiladigan tovarlari (xurmo, dori-darmonlar, mineral suv va pestitsidlar)ga aloqador.
Har ikki tomondan ko‘rib chiqilayotgan va muhokama qilinayotgan ko‘plab anglashuv memorandumlari va kelishuvlari mavjud. Maslahatlashuvlarning maqsadi ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlikning tomonlarini muvofiqlashtirish va kelishib olishdan iborat bo‘lib, bu ikki davlatga ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlarda xizmat qiladi”, deydi elchi.
Shuningdek, Yusuf al-Utaybiy O‘zbekiston fuqarolariga viza berish masalasi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
“O‘zbekiston fuqarolari joriy yilning koronavirus pandemiyasi tufayli berilishi to‘xtatilgan, ammo joriy yil avgust oyida rasman e'lon qilingan turistik vizani olish imkoniyatiga ega.
Umuman olganda, podshohlik va O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkiloti shafeligida hamkorlik qilmoqda. Pozitsiyalar doimiy ravishda muvofiqlashtirilib, kelishib olinmoqda. Podshohlik O‘zbekiston manfaatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Biz ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada kengroq darajaga olib chiqadigan, ikki davlat siyosiy rahbarlarining intilishlarini ro‘yobga chiqaradigan oliy darajadagi tashriflarni intiqlik bilan kutamiz”, deya ma'lum qildi elchi.
Shuningdek, ma'lum qilinishicha, ayni paytda ikki davlat o‘rtasida Saudiya Arabistoni Kadrlar va ijtimoiy rivojlanish vazirligi hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi orasida bandlik sohasidagi ikkita kelishuv muvofiqlashtirilib, ish olib borilmoqda.
“So‘zim oxirida, Konstitutsiya kuni munosabati bilan prezident janoblari Shavkat Mirziyoyevga, qardosh O‘zbekiston Respublikasi hukumati va xalqiga eng samimiy tabriklarimni bildirib, mustahkam sog‘lik va baxt-saodat tilab qolishdan mamnunman. O‘zbekiston hukumati va qardosh O‘zbekiston xalqiga maksimal taraqqiyot va farovonlik tilayman”, dedi elchi so‘zi oxirida.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026