Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev oyning ikkinchi yarmida Koreyaga safar qiladi
16 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi bilan boradi
Shavkat Mirziyoyev 16 dekabr kuni Janubiy Koreyaga uch kunlik davlat tashrifini boshlaydi, ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi sammit esa 17 dekabrda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Koreya prezidenti matbuot kotibi Park Kyung Mi jurnalistlarga ma'lum qilgan.
«Mun Je In va Shavkat Mirziyoyev ikki davlat o‘rtasidagi kelajakka yo‘naltirilgan va o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish chora-tadbirlarini muhokama qilishi kutilmoqda», degan u.
Avvalroq, O‘zbekiston va Janubiy Koreya yaqin orada erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni imzolashni rejalashtirayotgani ma'lum bo‘lgandi. Hujjat tashrif davomida imzolanishi mumkin. Bundan tashqari, Koreya tomoni o‘zbek migrantlar uchun chegaralarni qisman ochishni rejalashtirmoqda.
Ma'lumot uchun, bundan avval Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda Janubiy Koreyaga davlat tashrifi bilan borgandi va ikki davlat o‘rtasida Strategik sheriklikni har tomonlama rivojlantirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot qabul qilingandi.
Mavzuga oid
14:04 / 26.08.2025
Iordaniya podshohi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi
07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
20:15 / 26.12.2024