O‘zbekiston | 19:41 / 11.12.2021
5385
2 daqiqa o‘qiladi

«Qayerdaki raqobat bo‘lsa, o‘sha joyda rivojlanish bo‘ladi» - Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mehnat ta'limiga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabini borib ko‘rdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu muassasa 1976 yilda qurilgan bo‘lib, 1 ming 178 o‘ringa mo‘ljallangan. Lekin bugungi kunda o‘quvchilar soni bunga nisbatan ko‘p. Bino va jihozlar ham eskirgan.

Davlat rahbari sinfxonalar, sport zali va oshxonani ko‘zdan kechirdi. Maktab uchun yangi bino qurish, yoshlarga hunar o‘rgatish, amaliyot darslarini korxonalarda tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

— Hamma joyda zamonaviy korxonalar ochilyapti, investitsiya loyihalari amalga oshirilyapti. Ularni yuritadigan salohiyatli kadrlar kerak bizga. Shuning uchun ham muallim va maktablarga, ta'lim sifatini yaxshilashga alohida e'tibor beryapmiz. Salohiyatli kadrlar raqobatni paydo qiladi. Qayerdaki raqobat bo‘lsa, o‘sha joyda rivojlanish bo‘ladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari shu yerda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ham suhbatlashdi.

Muloqotda tibbiyot va maktab ta'limini rivojlantirishga qaratilayotgan ustuvor e'tibor, hokim yordamchilari faoliyatining mazmun-mohiyati, ular vaqt o‘tgach, pastdagi muammolarni o‘z boshidan o‘tkazgan, salohiyatli kadrga aylanishi, shu orqali katta kadrlar zaxirasi shakllantirilishi haqida so‘z bordi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid