Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 8ta transport ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Toshkentda avtobus boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida 8ta transport ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
Foto: Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi
Toshkent shahri Chilonzor tumanida 12 dekabr kuni 8 ta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berishicha, shu kuni soat 15:00 da tumanning Do‘mbirobod chorrahasida 70-son marshrut bo‘yicha harakatlanuvchi Isuzu avtobusi haydovchisi harakat paytida boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda Labo, Spark, ikkita Nexia-3, ikkita Matiz va Lacetti avtomobillari to‘qnashuviga sababchi bo‘lgan.


YTH oqibatida avtobus yo‘lovchisi va Labo haydovchisi tan jarohatlari olgan, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
«Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergovoldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda», deyiladi xabarda.

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining aniqlik kiritishicha, YTH ishtirokchilari quyidagilar bo‘lgan:
1) haydovchi, 1972 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi Isuzu rusumli avtobus;
2) haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan V.T. boshqaruvidagi Labo rusumli;
3) haydovchi, 1978 yilda tug‘ilgan M.Sh. boshqaruvidagi Spark rusumli;
4) haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan M.J. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli;
5) haydovchi, 1970 yilda tug‘ilgan O.S. boshqaruvidagi Matiz rusumli;
6) haydovchi, 1985 yilda tug‘ilgan A.B. boshqaruvidagi Matiz rusumli;
7) haydovchi, 1987 yilda tug‘ilgan I.S. boshqaruvidagi Lacetti rusumli;
8) haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobil.