Şimoliy va Janubiy Koreya, AQŞ va Xitoy vositaçiligida Koreya uruşi rasman yakunlanganini e'lon qilişga prinsipial jihatdan kelişib oldi, deya xabar bermoqda BBC. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Mun Je In Avstraliyaga davlat taşrifi davomidagi matbuot anjumanida aytib ötgan.

Janubiy Koreya prezidentining ta'kidlaşiça, Şimoliy Koreyaning ayrim talablari tufayli muzokaralar hali boşlanmagan.

1950 yildan 1953 yilgaça davom etgan uruş Koreya yarimorolini ikkiga bölib yuborgandi. Ikki davlat öşandan beri texnik jihatdan uruş holatida bölib, özaro munosabatlardagi keskinlik saqlanib kelmoqda. Ötgan davr mobaynida ikki koreys davlati mos ravişda Xitoy va AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlangan.

Şimol bilan aloqalarni yaxşilaşni öz prezidentlik dasturining eng ustuvor yönalişiga aylantirgan Mun Je In uzoq vaqtdan beri mojaroning yakuni böyiça rasmiy deklaratsiya tayyorlaş ustida işlab kelmoqda. Ammo köpçilik kuzatuvçilarning fikriça, bunga erişiş juda qiyin böladi.

Şimoliy Koreya nimani xohlamoqda?

Sentabr oyida Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning «qudratli» singlisi, mamlakatda katta ta'sirga ega bölgan Kim Yo Çjon Pxenyan Seul bilan Koreya uruşi böyiça kelişuvning rasman yakunlaniş deklaratsiyasi böyiça konstruktiv muloqotga tayyorligini ma'lum qilgandi. Pxenyan AQŞ Şimoliy Koreyaga nisbatan «duşmanlik siyosatidan» voz keçsagina, muzokaralar stoliga ötirişga roziligini bildirgan.

Şimoliy Koreya tomoni doimiy ravişda AQŞ qöşinlarining Janubiy Koreyada bölişi (28,5 ming AQŞ askari), ikki davlat tomonidan har yili ötkaziladigan qöşma harbiy maşğulotlar, şuningdek Şimoliy Koreyaning yadroviy qurol işlab çiqarişga qaratilgan dasturiga qarşi AQŞ tomonidan joriy qilingan sanksiyalarga e'tiroz bildirib keladi.

Ammo AQŞ Şimoliy Koreyaga qarşi qöllanayotgan sanksiyalar bekor qilinişi uçun Pxenyan yadro quroli işlab çiqariş böyiça dasturidan butunlay voz keçişi kerakligini bir neça bor ta'kidlagan.

Munning sözlariga köra, Şimoliy Koreya öz talablari bajarilişini muzokaralar oldidan qat'iy şart sifatida qöyişda davom etmoqda.

«Şimoliy Koreyaning qöyayotgan talablari sabab tinçlik deklaratsiyasini muhokama qiliş yoki muzokaralar stoliga ötirişga qodir emasmiz... Ammo bu jarayon boşlanişiga umid qilişda davom etamiz», dedi u.