Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In, agar AQSh Shimoliy Koreyadan yadro qurolidan voz kechishni talab qilishni to‘xtatsa, u bilan muzokaralarga tayyor ekanini aytdi. «Agar Qo‘shma Shtatlar yadrosizlanishga bo‘lgan xayolparastlikdan voz kechsa va haqiqatni tan olib, biz bilan tinch-totuv yashashni istasa, unda biz bunga erisha olmasligimiz uchun hech qanday sabab yo‘q», dedi Kim 21 sentabr, yakshanba kuni mamlakat parlamentida bo‘lib o‘tgan Oliy xalq majlisidagi chiqishida.

«AQSh mamlakatni yadro qurolidan voz kechishga majbur qilgandan keyin nima qilishini dunyo allaqachon yaxshi biladi», — deya KXDR rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirgan KCNA davlat axborot agentligi. «Biz hech qachon yadro qurolimizdan voz kechmaymiz».

Shuningdek, Kim Chen In Janubiy Koreya hukumati bilan «hech qanday ishi yo‘qligini» aytdi. Biroq, Shimoliy Koreya rahbari, uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp haqida «iliq xotiralarni» saqlab qolgan. Kim va Tramp respublikachining Oq uyda birinchi muddati davomida uch marta uchrashgan.