Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termizdagi ko‘p qavatli uyda joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
Termiz shahridagi ko‘p qavatli uyda joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘lgan. Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, yong‘inda 5 kishi qutqarilgan.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 13 dekabr kuni soat 14:40da Termiz shahar FVBga “Bog‘ishamol” MFY Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 14:45da yetib borgan. Yong‘in 14:47da qurshab olingan va soat 14:55da o‘chirilgan. Qutqaruvchilarning sa'y-harakatlari natijasida uyning 30 metr kvadrat maydoni yonib ketishdan saqlab qolingan.
Shuningdek, yong‘indan 5 kishi qutqarib qolingan, shundan 2 nafari voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan.
Yong‘in oqibatida yashash uyining 22 metr kvadrat maydondagi shift qismi va uy jihozlari yong‘indan zararlangan.
Qayd etilishicha, yong‘inda hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
22:05 / 27.06.2026
Farg‘onada gaz to‘ldirish vaqtida avtobus tomidagi gaz balloni yorilib ketdi
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
12:23 / 22.06.2026
Toshkent viloyatida avtoqismlar do‘konida yong‘in chiqdi
11:00 / 22.06.2026