Jahon | 19:19 / 14.12.2021
4025
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyadagi aeroportda ikkita portlash sodir bo‘ldi

Ikki nafar politsiyachi qutidagi bomba portlashi natijasida halok bo‘lgan.

Foto: AP

Kolumbiyaning Kukuta shahridagi aeroportda ikki marta portlash sodir bo‘lishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tiempo nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, uchish-qo‘nish maydoni yaqinida noma’lum erkak o‘zini portlatgan.

Portlashdan so‘ng shubhali qutini ko‘zdan kechirmoqchi bo‘lgan ikki nafar politsiyachi qutidagi bomba portlashi natijasida halok bo‘lgan.

Mahalliy hokimiyatning ta’kidlashicha, portlashlar ortida terrorchilar turibdi.

Aeroport faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid