10:52 / 15.12.2021
7715

Fuqaroning pulini to‘lab bermagan Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligining hisob raqamlariga band solindi

Foto: Kun.uz

2021 yil 11 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro H.Umarova tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi sud qarorini bajarmayotgani aytilgan xabar tarqalgan. MIB Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2021 yil 8 sentyabrdagi ijro varaqasiga asosan Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligidan undiruvchi H.Umarovaga 120 million so‘m moddiy zarar va 3 million so‘m ma’naviy zarar undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati MIB Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga 2021 yil 13 oktyabr kuni kelib tushgan va ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida 2021 yil 8 noyabr kuni qarzdorning g‘aznachilik bo‘limidagi hisob raqamiga band solish va g‘aznachilik bo‘limi zimmasiga majburiyat yuklash to‘g‘risidagi qaror chiqarilib, Kattaqo‘rg‘on tuman g‘aznachilik bo‘limi boshlig‘iga topshirilgan.

Olingan javob xatiga asosan qarzdor Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligiga tegishli bo‘lgan (1 va 2-guruh xarajatlaridan tashqari) barcha hisob raqamlariga band solingan.

Mavzuga oid
Top