O‘zbekiston | 15:37 / 15.12.2021
10567
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi 931 ta xususiy bog‘cha yopildi. Bunga issiqlik tizimidagi muammolar sabab bo‘lgani aytilmoqda

Endilikda mazkur bog‘chalar o‘z faoliyatini tiklashlari uchun issiqlik tizimini sozlashlari kerak bo‘ladi.

Foto: Fotolia

O‘zbekistondagi 931 ta nodavlat bolalar bog‘chalari kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yetarli darajada bo‘lmagani sababli o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, vazirlik vakillaridan iborat ishchi guruh joylarda 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha nazorat ishlari olib borgan. Natijada issiqlik tizimlarida muammolar bo‘lgan bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Xususan, Toshkent viloyatida 10 ta nodavlat MTT kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yetarli darajada bo‘lmagani uchun yopilgan.

“Ular o‘z faoliyatini tiklashlari uchun issiqlik tizimini sozlashlari darkor, kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng yana qayta faoliyatini tiklaydi”, deydi vazirlik vakili.

Mavzuga oid