Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Issiqlik ta’minotida yoqilg‘i, elektr va suv sarfini me’yorlash tartibi yangicha belgilanadi
O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimida yoqilg‘i, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv sarflarini me’yorlash hamda texnologik yo‘qotishlarni aniqlash tartibi yangicha belgilanadi. Energetika vazirligi, “O‘zenergoinspeksiya” va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qo‘shma qarori bilan tegishli nizom tasdiqlanadi.
Hujjatga muvofiq, isitish va issiq suv ta’minoti uchun issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, ochiq va yopiq tizimlar orqali uzatishda yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali foydalanish, ularni tejash va oqilona taqsimlash bo‘yicha yagona uslubiy yondashuv joriy etiladi. Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va tarmoqlardagi texnologik yo‘qotishlar bo‘yicha me’yorlar har bir issiqlik manbai va unga ulangan tarmoqlar kesimida alohida hisoblab chiqiladi.
Nizomga ko‘ra, issiqlik ta’minoti korxonalari har yili 1 dekabrga qadar issiqlik energiyasini ishlab chiqish va uzatish uchun yoqilg‘i, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv sarfi me’yorlari hamda issiqlik yo‘qotishlari bo‘yicha hisob-kitoblarni “Issiqlikta’minoti” AJ va “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmalariga taqdim etadi. Kelishilgan me’yorlar tegishincha mahalliy kengashlar tomonidan har yili 15 yanvarga qadar tasdiqlanadi.
Shuningdek, issiqlik tarmoqlaridagi yo‘qotishlar, tarmoq suvi va issiqlik energiyasi sarfi, nasos stansiyalari va issiqlik punktlari elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha energetik tavsiflar kamida besh yilda bir marta yoki ish sharoitlari sezilarli o‘zgarganda qayta ko‘rib chiqilishi belgilandi. Nizom talablariga rioya etmaslik qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:46 / 13.06.2026
Issiqlik ta’minotida avans evaziga eski tarifning saqlanib qolish muddati 2 oyga tushirildi
19:12 / 16.01.2026
Kiyevda yuzlab ko‘p qavatli uylar issiqlik va svetsiz qoldi (fotolar)
15:38 / 16.12.2025
Toshkentda yirik issiqlik ta’minoti markazi ishga tushirildi
17:40 / 24.11.2025