Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:50 / 16.12.2021
18971
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda noyabr oyida eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
Noyabr oyida Samarqand viloyatida eng ko‘p tug‘ilish qayd etildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning noyabr oyida qayd etilgan tug‘ilishlar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 9 434 ta holat. Ikkinchi va uchinchi o‘rindan Farg‘ona viloyati (8 467 ta holat) hamda Qashqadaryo viloyati (7 822 ta holat) joy oldi.
Shuningdek, qolgan hududlarda ushbu ko‘rsatkich quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Andijon viloyati – 7 645 ta;
- Namangan viloyati – 7 085 ta;
- Surxondaryo viloyati – 6 912 ta;
- Toshkent viloyati – 6 283 ta;
- Toshkent shahri – 5 857 ta;
- Xorazm viloyati – 4 213 ta;
- Buxoro viloyati – 3 980 ta;
- Qoraqalpog‘iston R. – 3 826 ta;
- Jizzax viloyati – 3 409 ta;
- Navoiy viloyati – 2 260 ta;
- Sirdaryo viloyati – 2 020 ta.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
09:29 / 10.04.2026