Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatorlar 3 nafar sudyani Oliy sud sudyaligiga sayladi
Oliy Majlis Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisida Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan Shuhrat Muhammadovich Mahmudov, Rustam Rahmonovich Haydarov va Jamol Jahonovich Choriyev 10 yillik muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.
Ma’lumot uchun, “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, Oliy sud sudyasi Sudyalar oliy kengashining tavsiyasi asosida prezident taqdimnomasiga binoan Senat tomonidan saylanadi.
Avvalroq, Senatning yigirmanchi yalpi majlisida ikki nafar sudya Oliy sud sudyaligiga saylangandi.
Mavzuga oid
20:28 / 03.07.2026
Oliy sud Plenumida inson huquqlari va sud amaliyotiga oid muhim qarorlar qabul qilindi
20:11 / 02.07.2026
Oliy sud Plenumining majlisi birinchi marta jonli efirga uzatiladi
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
21:08 / 22.06.2026