Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi oblastlardan birida migrantlarga taksichilik qilish taqiqlanadi
Migrantlarga shuningdek, shahar atrofida yo‘lovchi va yuk tashish sohalarida ishlash taqiqlanadi.
2022 yildan Tyumen oblastida xorijliklarga jamoat transporti va taksi xizmatida ishlash taqiqlanadi. Region gubernatori Aleksandr Moor bu boradagi tegishli farmonni imzoladi.
Hujjatda qayd etilishicha, patent asosida ishlaydigan xorij fuqarolariga oblast hududida jamoat transporti, shahar atrofida yo‘lovchi va yuk tashish sohalarida faoliyat yuritish taqiqlanadi.
Farmon 2022 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
Avvalroq Rossiya qurilish vaziri Irek Fayzullin istalgan region migrantlarsiz ham qurilishlarni olib borishga tayyorligini, ammo buning bitta sharti borligini aytgandi: buning uchun avval kadrlarni tayyorlab olish kerak. Fayzullinning so‘zlariga ko‘ra, migrantlar sonini qisqartirish bir kunda amalga oshadigan ish emas.