Fojiadan umidgaça. Bugungi kun odamlari orasidagi turfa taqdirlar haqida.
Iş yuzasidan odamlar orasida köp bölamiz. Quyida özim guvohi bölganim, farzandlarini ilmli-hunarli qiliş uçun özini ötga-çöğga urayotgan otalar taqdiri haqidagi uç hikoya.
Ikki oylik safar
Farğona xalqaro aeroportida men kutayotgan reys Novosibirsk şahridan soat 15:00da kelib qönişi kerak edi.
Aeroportga kiraverişda tumonat odam töplangan. Kimdir kuzatgani çiqqan, yana kimdir yaqini çiqişini kutyapti.
Soat 15:00dan ötdi. Reysdan darak yöq. Noma’lum sabablarga köra, kutilayotgan reys soat 16:00da kelişini aytişdi.
Mahalliy aeroportlarda yölovçilarni kuzatuvçilar va kutib oluvçilar uçun alohida kutiş binosi yöq. Farğona aeroporti ham bundan mustasno emas. Taşqarida esa etni junjiktiradigan sovuq. Keçikkan reys sabab yaqinini kutib olgani çiqqanlar allaqaçon sovqota boşlagan edi. Bunday paytda termosda issiq qahva tayyorlab sotuvçilarning bozori çaqqon...
Çiqiş yölagi yaqinida tört kişi davra qurib suhbatlaşib turardi. Ulardan biri içki işlar xodimi bilan salom-alik qilganimga e’tibor qaratib, undan reys keçikişi sababi töğrisida ma’lumot olgan-olmaganimni sörab qoldi. Savol bahona ularning davrasiga beixtiyor qöşildim.
«Şu sovuqda yaqiningizni kutib olgani çiqibsizlar-da?» deya söradim oradagi jimlikka barham beriş uçun. Ulardan biri, yoşroği «Ha-a, poççamizni kutib olişga çiqdik», deya oğir xörsindi.
— Poççangiz Rossiyaga ketganiga ança bölganmidi?
– Ikki oy... ikki oyça bölgandi.
«Eh, uka, nimalarni aytasiz. Boşimizda şu körgulik ham bor ekan-da. Nima bölganda ham Yaratganning aytgani böldi. Qölimizdan nima ham kelardi?» — deya boşidagi telpagini qöli bilan töğrilagandek bölib, aeroport içkarisiga nazar taşlab qöydi yoşi oltmişlarga yaqinlaşgan amaki.
Savol nigohi bilan tikilib turganimni körib, yoş yigit voqeani sözlab berdi:
«Poççam ikki oy avval Rossiyaning Kemerovo oblastiga işlagani ketgan edi. Avval u heç qayerga çiqmagan. Qişloğimizdagi yonilği quyiş şoxobçasida işlab, bir yaxşi kun keçirayotgan edi.
Ikki öğli oliygohga kontraktga öqişga kirdi. Poççam sevinganidan «özim öqimaganimga yaraşa, farzandlarimni öqitay», deb yaxşi niyat qilgandi. Bu yoği rözğor degandek. Pul yetkaza olmay noilojlikdan Rossiyaga ketgandi.
Mavzuga oid
Kamerovoda qurilişda işlayotgan ekan. U yerning havosi juda sovuq bölgani uçun şamollab, yotib qolibdi. Muolajalarga qaramay öşa şifoxonada jonini topşiribdi... Hali uyiga bir söm ham jönatgani yöq edi.
Beçoraning jasadi kelişi ham qiyin böldi. Yaxşilar bor ekan. Rossiyada işlovçi özbeklar pul jamğarib, kelişiga yordam qilişdi. Baraka topişsin! Uydagilar ham qarab turişmadi. Mana endi bu reysda uçib kelyapti... Öziyam barvasta, baquvvat erkak edi. Ajal kelsa şu ekan-da...»
Bu kişining sözlarini eşita turib, aeroportga nima uçun kelganim yodimdan çiqdi. Samolyot ham kelib qöndi. Içkaridan yölovçilar birin-ketin çiqib kela boşlaşdi. Sovuqda qunişib, yaqinlarini kutib ötirgan odamlar birin-ketin közdan ğoyib bölişdi.
Men ham öz işimni (s’yomkani) boşladim. Negadir panjara ortidagi odamlar orasidan yaqinining jonsiz tanasini kutib turgan kişilarni axtarar edim...
Qora paltoli yölovçi
Yakşanba. Qişloqqa borib, buvimning duosini olib kelişni dilimga tugdim. Zapravkaga borib, maşinaga gaz quydirdim. Xayriyat, navbat yöq ekan. Söng maşinamni Rişton tomon haydadim.
Farğona şahridan Rişton tumaniga yengil maşinada örtaça hisobda 45 daqiqa yuriladi. Taşqari juda sovuq edi.
Oltiariq hududidan ötayotganimda uzoqdan qora kiyimda, qora «maska» taqqan odam maşinani töxtatgandek bölib, ilkis qöl kötardi. Töxtadim.
— Rişton tomonga ketyapsizmi?
— Ha, öşa tomonga. Siz hammi?
— Ha. Maylimi siz bilan ketib olsam?
— Ötiring, aka...
Yölda turib qolgan notaniş yölovçi şoşganiça maşinaga ötirdi. Uning qölida kirligidan qorayib ketgan bozor xaltasi bor edi. Yölovçining holatini körib, maşina peçkasi issiğini yanada balandlatdim.
Manzilga yetgunça u bilan gaplaşib ketdik.
50 yoşlar çamasidagi yölovçi asli Boğdod tumanidan bölib, har kuni 25 km yöl bosib, Oltiariq tumanidagi mardikor bozoriga kelar ekan. U qiş kunida iş kamayib ketgani, bir kunda 70–80 ming söm pul topayotgani haqida aytdi.
Soatga qaradim — 15:34.
— Bugun işni ertaroq tugatibsizmi?
— Ha, uka. Yöl böyidagi kottejlardan birida hovli tomorqasiga göng taşidim. Havo sovuqligidan işni tez tugatay, deb ildamroq harakat qildim.
— Farzandlaringiz bormi?
— Bir öğil bir qizim bor. Bahorgaça mardikorlik qilib turay. Bahordan öğlim işlaydigan mebel sexiga işga kirib olaman. Öğlimni mebelçiga şogirdga berganman. Qölidan ança iş kelib qoldi.
— Bir kunda 70 ming işlab topar ekansiz. Uyingiz esa boşqa tumanda. Oltiariqqa har kuni kelib ketişingizga yöl kira ketadi-ku?
— Endi, uka, örganib qolganmiz-da. Oltiariqda qişda ham iş köp böladi-da...
Rişton markaziga kirib keldik. Maşinani yöl çetiga töxtatdim. Endi u kalovlanganiça çöntak titkilay boşladi. Hamyonidan 5 ming söm çiqardi.
— Aka, bir özim ketayotganim uçun suhbatlaşib ketgani atay sizni yöldan olgandim. Hali yana uyingizgaça boşqa transportga çiqasiz. Menga bermoqçi bölgan pulingizni Boğdodga yetib oliş uçun işlating...
— Uka... xijolatga qöymang odamni...
— Men sizga jiddiy aytyapman...
Qora paltoli yölovçi bir zum öylanib qoldi-da, rahmatlar aytganiça iyagiga tuşirilgan qora maskasini burnigaça kötardi. Holbuki, öşa atrofda maska taqqan yagona inson şu edi. Söng u turnaqator tizilib turgan «Damas»lardan biriga borib ötirdi.
Eh... yölda şunça birga suhbatlaşib kelib, qora paltoli yölovçining ismini ham söramabman...
Orzu va tomorqa
Qişloqqa yetib kelib buvimga yegulik sotib olgani yöl çetidagi dökonlardan biri qarşisida töxtadim. Dökon eşigi oldida mahallamizda yaşovçi Ilyos akani uçratdim. Ançadan beri körişmagan qöşni bilan ozroq suhbatlaşdik.
Özi öqimaganiga «alam» qilib farzandlarini oliygohda öqitayotgan Ilyos aka bilan har gal uçraşib qolganimizda mavzu faqat öqiş va ilmdan bölardi. Şuning uçun bu safar ham uning öğlining öqişi haqida gap oçdim.
— Öğlingiz öqişni tamomladimi?
— Yaqinda bir yil böldi, xudoga şukr. Öqişi tugagan. Amallab öqitib oldim. Baxtimizga sigirimiz har yili bittadan tuğib berib turdi. Bu yoqda sut-qatiğini pullab, rözğorga işlatib turdik. Har yili bolasini sotdik. Kontraktining bir qismini kötardi-da...
— Yaxşi bölibdi aka. Endi ukamiz nima iş qilyapti? Işga joylaşgandir?
— Hali yangilikni aytmadim. Zör yangilik bor bizda...
— E, yaxşi-ku! Sizdagi yangilik doim yaxşilikka böladi. Qani eşitaylik-çi...
— E, uka, öğlimni bilasanku, örtoqlariga qiziqib, çetga ketişga qiziqib yurardi. Öqişda öqib yurganida «Ayls» degan narsa öqib turardi. Ballni yaxşi olgan ekan, Koreyadagi öqişlardan biriga kirib ketibdi. Boşida bizdan yaşirdi çetga öqişga ötganini. Universitetni tamomlab qişloqda ingliz tilidan bolalarga dars ötib yuruvdi. Pulniyam yaxşi topayotgandi. Endi nima deymiz? Ketaman, deb turib olsa...
— Ötişga ötib oldiku-ya, u yoğiyam kontrakt ekanda...
— Koreyaga ham kontraktga ötdimi? Ha-a, mayli aka, şungayam öta olmaganlar bor. Öğlingizning omadi bor ekan.
— Mayliku-ya, hujjatlariga ham ança pul ketdi-da. Bir paytlar bolalarimga imorat qurib berarman, degan yaxşi niyatda tomorqa olib qöygandim. Şuni sotib, kontraktlariga töladim. Çet elga ham ketiş oson emas ekan-da, uka...
— Öğlingiz Koreyada öqib kelib, hali yaxşi lavozimlarda işlaydi. Bunday tomorqalardan hali sizga köpini olib beradi.
— Gaping töğri. Aytganing kelsin, uka. Men ham xotinimga xuddi sen aytgan gapni aytdim. Öğlimni uylasam töyga aytaman. Kelasan-a?!
Men albatta töyda xizmat qilişimni aytib, dökonga kirdim.