Şerqözi Otaboyev juda kiçkina tuğilgan. 40 yoşni qoralagan qahramonimiz ğişt işlab çiqariş zavodida işlaydi. Böyi 1,30 sm, turmuş örtoğining ham böyi öziga mos: 1,20 sm. “Kenja öğlim juda kiçik bölgani uçun telpak içida katta qildik”, – deydi Şerqözining onasi Kimsanoy opa Otaboyeva.
“Rişton tumanining Oq yer qişloğida yaşaymiz. Öğlim juda kiçkina tuğilgan. Bizning avlodda böyi past yöq edi. Keyinçalik böyi qanaqa ösar ekan deb rosa öylanganman. Doktorga körsatsam, “bolani böyi kiçkina, pensiyaga çiqartirib qöyamiz”, deyişdi. Lekin dadasi bunga rozi bölmadi.

Öğlim kiçik bölgani uçun telpak içida katta qilganmiz. Öğlimga mos kelin topildi. Xudoga şukur. Kelinim Ra’noxonning böyi ham Şerqöziga mos. Ular baxtli oilalardan biri”, – deydi Şerqözining onasi Kimsanoy Otaboyeva.


“Hali ona qornida ekanimda onam qattiq stressga tuşganida homilaga ta’sir qilgan ekan. Şu sabab böyim ösmagan. Oilada katta farzandman. 2010 yilda sovçi bölib borişdi. Şerqözi akam bilan körişdik. Bir-birimizga ma’qul tuşdik. Ularni birinçi marta körganimda Allohning işlariga lol qoldim. Böyimiz bir-birimizga juda mos edi.


Töyimiz böldi, farzandli böldik. 2011 yilda Feruzbek öğlimiz tuğildi. Öğlimiz ham özimiz kabi kiçkina tuğilgan. Hozirda 6-sinfda öqiydi.
Oilaviy köçaga, bozorga çiqsak hamma bizga hayron bölib qaraydi. Kimlardir havas qiladi.













