Zuhraxon Oripova 53 yoşda. U Oltiariq tumanining Oqböyra qişloğidan. Bir yarim yaşarligida sandalga tuşib ketişi oqibatida öng qölidan ayrilgan. Zuhra opa dalaga çiqib paxta teradi, tomorqasida bodring, rediska ekib daromad köradi, uzum parvarişlaydi, kunlik işlarda işlaydi. “Toşkentga hali bormaganman, Taşkent city’larni televizorda körib havas qilib ötiraman”, – deydi dehqon ona.
Bir qölli böliş Zuhraxon Oripovani hayotda yanada kuçli, şijoatli bölişga undadi. Oila qurdi, ikki farzandli böldi.
“Oilada olti farzand edik. Fotima, men Zuhra, bizdan keyin yana yigirma kunlik çaqaloq ukamiz bilan sandalga tuşib ketgan ekanmiz. Umrimdan bor ekan, uç marta qölimni kesişgan. Otam dori-darmon topib kelib, bir narsa qilib tuzatib olgan. Otamga ham rahmat, tan-u joni soğ bölsin, baxtimga omon bölsin, Hajga borsin ilohim.

Oltiariq ahli mehnatkaş böladi. Qişloqda qişin-yozin tinmaymiz. Turmuş örtoğim ham ikkinçi guruh nogironi. Yer olamiz, ekin-tikin qilib rözğorga pul jamğaramiz. Ötgan yili sakkiz million sömlik paxta terdik er-xotin.
Yoşligimdan ipak qurti tutganmiz, hovlimizda öttiz beştadan qöyimiz bölgan. Maktabgaça şu qöylarni dalaga olib çiqib boqib kelardim. Beda tomirini terib kelardik. Yoşligimiz dalada ötdi.

Bir qölli bölsam ham hayotimdan nolimayman. Ikki öğlim bor, nevarali böldik. Erta bahordan uzumlarga qaraymiz, tagini çopamiz, qöşimça kunlik işlarga çiqamiz. Bir qölda işlayotganimni körib hayron bölib telefonlariga videoga olişadi.

Yoşligimda jöda şöx-şaddod qiz bölganman. Qölim yöqligidan öksigan kunlarim ham bölgan. Otam yoşligimda öqituvçi bölgin menga öxşab derdi. “Yöq, men öqituvçi bölmayman, qölim yöq-ku” desam, “öqituvçi bölasan, gaping ötadi, epçilsan”, deb uqtirardi. Men esa prokuror bölaman, prokuror bölib Toşkentlarda yuraman, samolyotlarda yuraman deb qat’iy gapirardim.

Issiqxonada rediska yetiştiraman, mana ayni kunlarda ularni sotyapman. Bodring yetiştirib uni ham sotamiz. Qoramollarimiz bor. Uzum parvarişlab sotamiz. Dalada ğözapoya örib sotamiz. Xullas mehnatimiz ortidan ustimiz but, qora qozonimiz qaynab turibdi.

Toşkentga bormaganman, töğrisi, televizorda körib havas qilib ötiraman. Farğonadan çiqmaganmiz-da, mehnatdan ortib vaqt ham bölmagan, endi orzu qilamiz xolos. Orzularimdan biri Toşkent şahriga borib, kinoteatrlarga, Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonovalarning konsertlariga tuşiş. Metrolarida yurişni xohlaymiz. Umralarga, katta Hajlarga ham boriş niyatimiz bor”, – deydi Zuhra opa Oripova.
Sarvar Ziyoyev,
Kun.uz
Operator va montajçi – Sardor Mamirov








