Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Cobalt yuk mashinasi tirkamasi ostiga kirib ketdi. Ikki kishi vafot etdi
Foto: IIB axborot xizmati
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida Cobalt «Kamaz» yuk mashinasi tirkamasi ostiga kirib ketgan. Oqibatda ikki kishi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil 16 dekabr kuni soat 14:05larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-46 Samarqand-Kattaqo‘rg‘on yo‘lining Kattaqo‘rg‘on tumani Omongavhar mahallasidan o‘tuvchi 46-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Harakatlanib kelayotgan Cobalt mashinasi «Kamaz» yuk mashinasi tirkamasiga borib urilgan. Oqibatda Cobalt mashinasida ketayotgan yo‘lovchilardan biri voqea joyida, ikkinchisi esa shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, Kattaqo‘rg‘on tumani IIB YHXB tomonidan sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan muhokama o‘tkazilgan va haydovchilarga yo‘llarda harakatlanish davomida yo‘l harakatlariga rioya qilish uqtirilgan.
Mavzuga oid
12:06
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi
13:45 / 05.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
11:08 / 04.03.2026