Surxondaryoda noqonuniy tonirovka bilan yurgan haydovchi YPX xodimiga pora taklif qildi
Termiz shahrida mashinasini noqonuniy tonirovka qilib olgan haydovchi YPX xodimiga pora taklif qilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 17 dekabr kuni soat 09:30larda Termiz shahrida xizmat olib borayotgan Surxondaryo viloyati JXD YHXX 1-safarbar guruh inspektori Z.X. Cobalt mashinasini to‘xtatganda haydovchi mashinaning orqa yon oynalarini tegishli ruxsatnomasiz qoraytirgani aniqlangan.
Inspektor haydovchi D.T.ga nisbatan MJtKning 126-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, mashinani vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirgan.
Haydovchi D.T. undan mashinani jarima maydonidan chiqarib berishini iltimos qilib, evaziga 200 dollar berishini aytgan. YPX inspektori Z.X. o‘ziga pora taklif etgan D.T.ga qonuniy chora ko‘rishni so‘rab viloyat IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.
Mazkur bildirgiga asosan, 2021 yil 17 dekabr kuni soat 17:50larda IIV ShXBB viloyat boshqarmasi va Termiz shahar prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda fuqaro D.T. Termiz shahar IIB YHXX ma’muriy binosi oldida Z.X.ga xizmat yuzasidan biriktirilgan mashinaga o‘tirib 1 million 850 ming so‘mni pora tariqasida bergan vaqtida ushlangan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Termiz shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:46 / 14.11.2024
Sirdaryoda haydovchidan pora olgan YPX xodimi qamaldi
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
17:40 / 12.11.2024