Tomorqalarni rivojlantirish uchun subsidiyalar ajratiladi

Foto: Kun.uz
Prezident tomonidan “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.
Hujjatga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 100 mln dollar ekvivalenti miqdoridagi qarz mablag‘lari Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga milliy valutada yo‘naltiriladi.
Ko‘rsatilgan mablag‘lar tijorat banklariga tomorqa yer egalariga qoida tariqasida, 100 bosh parranda, 5-10 bosh kurka, 20 bosh quyon, 5-6 bosh qo‘y va echki, 5 ta asalari uyasi, intensiv usulda baliq boqishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ixcham issiqxonalar, “dala do‘konlari” qurish, artezian quduqlarini qazish; kichik intensiv bog‘dorchilik, limonchilik va uzumchilik; poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilik uchun kredit ajratiladi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra “Tomorqa xizmati” MChJlarga urug‘lik va ko‘chat, motokultivator va minitraktor, inkubator xarid qilish hamda aylanma mablag‘ uchun 300 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi.
Yetakchi tadbirkorlik sub’yektlariga aholi tomorqalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar ajratiladi.
Jamg‘arma tomonidan 2026 yil 1 yanvarga qadar: tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, quritish, saralash va qadoqlash uskunalari xarid qilish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq 150 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan hajmda subsidiya beriladi; suv ta’minoti og‘ir tomorqa yerlari va foydalanishdan chiqqan maydonlarni sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash, daryolar, kanallar va boshqa suv obektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish xarajatlarining bir qismi qoplanadi.
Ko‘rsatilgan chora-tadbirlar uchun 2022 yilda jamg‘armaga davlat budjetidan 50 mlrd so‘m ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Microsoft Windows’dagi ko‘k rangli “o‘lim ekrani”dan voz kechadi
Fan-texnika | 11:45
-
Amerikalik ayol 180 ta kimyoterapiyani boshdan o‘tkazdi
Jahon | 11:41
-
“Xavf tug‘diryapti” - Tramp Oq uydagi salkam 200 yillik magnoliya daraxti kesib tashlanishini aytdi
Jahon | 11:37
-
Bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi
O‘zbekiston | 11:35
Mavzuga oid

11:13 / 31.03.2025
Tomorqadan samarasiz foydalanganlarga ko‘riladigan choralar ishlab chiqildi

19:19 / 25.03.2025
«Birinchi imkoniyat» doirasida tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi

19:17 / 25.03.2025
«Chempion» tadbirkorlar ro‘yxatiga kiritish mezonlari belgilandi

16:11 / 20.03.2025