Unda aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanişni taşkil etiş tartibi tasdiqlandi.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomga köra, aholi tomorqalari va ijara huquqi asosida ajratilgan yer maydonlarida ekin ekilişi ustidan nazorat:
- mahalla darajasida — “mahalla yettiligi” va “mahalla banklari”
- tuman darajasida — tuman (şahar) ştablari hamda tuman (şahar) hokimlarining tegişliligi böyiça örinbosarlari boşçiligidagi işçi guruhlar;
- hudud darajasida — Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi raisining hamda viloyatlar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosarlari boşçiligidagi işçi guruhlar tomonidan amalga oşiriladi.
Ijara yer maydonlarida dehqon xöjaligi tomonidan ekiş işlari amalga oşirilmaganda (fors-major holatlari bundan mustasno) tuman (şahar) ştablari tomonidan yer maydonlarini ikkilamçi ijaraga beriş çoralari köriladi. Bunda tijorat banklari, tuman (şahar) kambağallikni qisqartiriş va bandlik bölimlari tomonidan:
- kamida 40 gektar yer uçastkasida “bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida yuqori daromadli va eksportbop qişloq xöjaligi mahsulotini yetiştiriş böyiça namunaviy loyihalar amalga oşiriladi;
- qolgan konturlardagi ijaraga olingan yer uçastkalarida mahsulot yetiştirişni taşkil etiş uçun işçi guruhlarga yetakçi tadbirkorlarni jalb qilgan holda loyihalar amalga oşirilişida kömaklaşiladi.
“Mahalla yettiligi” xulosasiga asosan aholi tomorqalari va ijaraga olingan yer maydonlariga ekin ekmagan yoki samarasiz foydalanayotgan şaxslarga nisbatan quyidagi ta’sirçan çoralar köriladi:
- tomorqa yer egalari va dehqon xöjaliklariga davlat dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar berilmaydi;
- Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar uçun nazarda tutilgan imtiyozlar töxtatiladi;
- “Onlayn mahalla” elektron platformasi ma’lumotlari asosida ekin ekilmagani aniqlangan yil uçun yer soliği stavkasi uç karra miqdorida hisoblanadi.













