Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birja savdolarida shakar, suyultirilgan gaz va sement narxi arzonlashdi
O‘tgan hafta davomida birja savdolarida sement narxi 1,8 foizga, suyultirilgan gaz narxi 6 foizga, shakar narxi 1,3 foizga arzonlashgan.
13–19 dekabr kunlari «O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi» AJning barcha savdo platformalarida 2 trillion 181,7 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 10,2 foizga ko‘pdir.
Tsement
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 515,8 ming so‘mdan 506,3 ming so‘mgacha, ya’ni 1,8 foizga pasaygan.
Suyultirilgan gaz
O‘tgan hafta davomidagi birja savdolarida suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 mln 217,4 ming so‘mdan 3 mln 24,9 ming so‘mgacha, ya’ni 6 foizga pasaygan.
Shakar
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 mln 944,8 ming so‘mdan 7 mln 841,5 ming so‘mgacha yoki 1,3 foizga arzonlashgan.
Mavzuga oid
19:17 / 15.02.2026
Misr kompaniyasi Jizzaxda ikkita shakar zavodi quradi
18:34 / 14.02.2026
Tadbirkor shakar importi uchun bojni olib tashlashni so‘radi
14:15 / 05.01.2026
“O‘g‘limning o‘limida o‘zini aybdor qilishyapti” – Namanganda sement zavodi xodimi “bunker”da vafot etdi
20:28 / 15.12.2025