Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Rossiya Ukraina bilan chegaraga qo‘shin joylashtirishda davom etayotganini ta’kidladi
Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, NATO Rossiya bilan muloqotga tayyor, ammo Ukraina borasida Rossiya bilan aslo murosa qilmaydi.
NATO Rossiya Ukraina bilan chegaraga qo‘shimcha qo‘shinlar olib kelmoqda, degan fikrda. Alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg ana shunday fikr bildirdi.
«Kuchlarni ko‘paytirish davom etmoqda. Ularni joylashtirishdan maqsad noaniq, ammo Ukraina bilan chegarada bosqichma-bosqich artilleriya, bo‘linmalar, tanklar borgan sari ko‘paymoqda», — dedi Stoltenberg.
Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO Rossiya bilan muloqotga tayyor, ammo Ukraina borasida Rossiya bilan aslo murosa qilmaydi.
«NATO Yevropa mamlakatlarining, bu Ukrainaga ham tegishli, suveren huquqi, o‘z yo‘lini tanlashi borasida Rossiya bilan hech qachon murosaga kelmaydi», — dedi alyans bosh kotibi.
U NATO a’zolari Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha turlicha qarashlarda ekani to‘g‘risida tarqalgan xabarlarni rad etdi.
«NATO mamlakatlari Rossiyaga nisbatan yagona pozitsiya va yagona yondashuvga ega. U tiyib turish va mudofaaga, bir-birini himoya qilishga asoslangan, ammo muloqot uchun ham ochiqmiz», — dedi Stoltenberg.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026