Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada gaz narxi ilk bor 2000 dollardan oshdi
Yevropada gaz narxi tarixda ilk bor bir kubmetri uchun 2 ming dollardan oshdi. Bundan ICE birjasi ma’lumotlari darak bermoqda.
21 dekabrdagi savdolar vaqtida gaz bir kun avvalgiga nisbatan 17,1 foizga qimmatlagan va narxi bir kubmetr uchun 2050 dollarga yetgan.
Savdolar boshida gaz narxi 1800 dollarga yaqinlashgan, so‘ngra 1750 dollargacha tushgan, biroq keyin keskin ko‘tarila boshlagan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Yevropa ittifoqining uzoq muddatli gaz shartnomalari tuzishdan bosh tortishi Yevropa davlatlari gazning kafolatlangan yetkazilishidan mahrum bo‘lishiga olib keldi. Bunday sharoitda gaz yetkazib beruvchi yetakchi kompaniyalar maksimal foyda olish maqsadida gazni pandemiyadan keyin faol tiklanayotgan va ko‘proq haq to‘layotgan Osiyo davlatlariga yo‘naltirgan va Yevropani gazsiz qoldirgan.
Gaz narxi rekord darajaga ko‘tarilishining yana bir sababi Yevropada quyosh va shamol energiyasiga haddan ziyod umid bog‘langani hisoblanadi. Ta’kidlanishicha, oxirgi ikki kunning o‘zida Yevropada shamoldan olinadigan energiya hajmi 2 marta kamayib ketgan va sovuq ob-havo sharoitida bu holat energiyaning yanada taqchilligiga va gaz narxining keskin ko‘tarilishiga olib kelgan.
Mutaxassislar bunday sharoitlarda Yevropada gaz narxi 2022 yil boshida bir kubmetri uchun 3 ming dollardan oshishi mumkinligini aytishmoqda.
Mavzuga oid
08:17 / 18.06.2026
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:18 / 15.06.2026
Yevropa aholisi qaysi mamlakatlarda o‘zini xavfsiz his qiladi?
10:15 / 13.06.2026