15:45 / 22.12.2021
4461

Amerikalik harbiylar koronavirusning barcha shtammlariga qarshi vaksina ishlab chiqdi

Vaksinaning odamlarda o‘tkazilgan birinchi bosqich klinik sinovlari chog‘ida u “omikron” va boshqa shtammlarga qarshi samarali ta’sir ko‘rsatgan.

Foto: Getty Images

AQShdagi Uolter Rid nomidagi milliy harbiy tibbiyot markazi olimlari koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqdi. Ularning ta’kidlashicha, u virusning barcha shtammlariga qarshi ta’sir qiladi.

Spike Ferritin Nanoparticle yoki SpFN vaksinasi jonivorlarda sinovdan o‘tkazilgan va ijobiy natija qayd etilgan.

Bundan tashqari, vaksinaning odamlarda o‘tkazilgan birinchi bosqich klinik sinovlari chog‘ida u “omikron” va boshqa shtammlarga qarshi samarali ta’sir ko‘rsatgan.

Yangi vaksina ikkinchi va uchinchi bosqich klinik sinovlardan o‘tkazilishi lozim.

Mavzuga oid
Top