Jahon | 22:30 / 22.12.2021
2154
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada ko‘chada niqob taqish majburiy bo‘ladi

Hukumat rahbari Pedro Sanches regional rahbarlar bilan uchrashuvida bu qaror to‘g‘risida ma’lum qilgan.

Foto: Getty Images

Ispaniya hukumati koronavirus tarqalishi holatlari ko‘payib borayotgani sababli ko‘chada tibbiy niqob taqish rejimini yana joriy etadi. Bu haqda El Pais gazetasi xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, hukumat rahbari Pedro Sanches regional rahbarlar bilan uchrashuvida bu qaror to‘g‘risida ma’lum qilgan. Payshanba kuni vazirlar kengashi yig‘ilishida bu boradagi tegishli farmon ma’qullanishi kutilmoqda.

Pandemiya boshlanganidan buyon Ispaniyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 5,5 milliondan ortiq holat qayd etilgan, 88,8 mingdan ziyod bemor vafot etgan.

2020 yil dekabri oxirlarida mamlakatda emlash kampaniyasi boshlangan bo‘lib, hozirda 12 yoshdan katta ispaniyaliklarning 90 foizga yaqini koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid