Jahon | 21:30 / 22.12.2021
13256
2 daqiqa o‘qiladi

Madagaskarda aviafalokatga uchragan general dengizda 12 soat suzib tirik qoldi

Foto: twitter.com/MDN_Madagasca

Madagaskar jandarmeriyasi davlat kotibi, diviziya generali Serj Jyele u ketayotgan harbiy vertolyot dengiz ustida falokatga uchragandan keyin sohilgacha 12 soat suzib bordi va omon qoldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi

57 yoshli Jyele va yana bir askar falokat vaqtida katapulta qilishgan va Mahambo shahrigacha suzib borishga muvaffaq bo‘lishgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videoda general toliqqan ko‘rinishda shezlongda yotganini ko‘rish mumkin.  

“Hali o‘ladigan vaqtim kelmadi”, deb aytgan general va sovqotgani, biroq jarohat olmaganini qo‘shimcha qilgan.

Madagaskar harbiy-havo kuchlarining bortida general va yana 3 kishi bo‘lgan vertolyoti 20 dekabrning ikkinchi yarmida falokatga uchragan. Milliy jandarmeriya uchun mas’ul bo‘lgan general Madagaskar bosh vaziri va mudofaa vaziri bilan uchrashuvdan qaytayotgan bo‘lgan. Shundan keyin mudofaa vazirligi vertolyotdagi 4 kishi bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan. Ayni vaqtda qolgan 2 askarni qidirish ishlari olib borilmoqda.     

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid