Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanmada nefrit shaxtasida sodir bo‘lgan ko‘chkidan so‘ng 70 kishi bedarak yo‘qoldi
Bedarak yo‘qolganlarning aksariyati noqonuniy ravishda nefrit qazib oluvchilar bo‘lgan.
Myanma shimolidagi Xpakant nefrit shaxtasida ko‘chki yuz berdi. Bir kishi halok bo‘lgan, 70 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda, deb xabar berdi VVS.
Ko‘chki mahalliy vaqt bilan tonggi soat 4larda sodir bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Bedarak yo‘qolganlarning aksariyati noqonuniy ravishda nefrit qazib oluvchilar bo‘lgan.
Myanma – dunyodagi eng yirik nefrit manbasi joylashgan mamlakat hisoblanadi. Mamlakatda nefrit savdosi hajmi yiliga 30 mlrd dollar deb baholanadi.
2020 yil iyulda Myanmadagi nefrit konida sodir bo‘lgan ko‘chki natijasida 160dan ortiq odam halok bo‘lgan va 54 kishi jarohatlangandi.
Mavzuga oid
18:09 / 07.04.2025
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi
23:38 / 29.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi
16:15 / 29.03.2025
Myanma va Tailanddagi zilziladan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q - konsulxona
08:18 / 26.12.2022