O‘zbekiston | 08:19 / 22.12.2021
5754
1 daqiqa o‘qiladi

Poytaxtda 1160 ta oraliq bekatlar namunaviy dizayn asosida quriladi

Toshkent shahrida bosqichma-bosqich 1160 ta oraliq bekatlar namunaviy dizayn asosida qurilib, foydalanishga topshiriladi. Bu Toshkent shahar transporti va yo‘l-transport infratuzilmasini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2022-2025 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida (shahar yo‘lovchilar transporti harakatini, kelib-ketish vaqtini ko‘rsatuvchi elektron tablo, bepul
Wi-Fi, kuzatuv kameralari bilan jihozlangan) shahar yo‘lovchilar transporti oraliq bekatlarini namunaviy dizayn asosida bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.

Bunda, shahar yo‘lovchilar transporti oraliq bekatlarini namunaviy dizayn asosida qayta tashkil etish bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tegishli qarorlari qabul qilinadi. 

Toshkent shahrida bosqichma-bosqich 1160 ta oraliq bekatlar namunaviy dizayn asosida qurilib, foydalanishga topshiriladi: 2022 yil – 280 ta; 2023 yil – 260 ta; 2024 yil – 300 ta; 2025 yil – 320 ta.

Mavzuga oid