Xöş, holatni yumşatiş borasidagi işlar-çi? Kun.uz muxbiri mavzu atrofidagi savollar yuzasidan Suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev bilan intervyu uyuştirdi.

— Şavkat aka, oxirgi yillarda Markaziy Osiyoni suv bilan ta’minlaydigan muz manbalarining 35-40 foizi erib ketdi. Bu jarayonlar esa yildan yilga tezlaşib boryapti. Suv yetişmovçiligini hayotimizda har kuni sezyapmiz-u, lekin vazirlikning bu borada körayotgan çoralarini umuman sezmayapmiz.

— Harakatlarimizni körmayotganingiz iş qilinmayotganini bildirmaydi. 30 noyabr kuni «Suv va suvdan foydalaniş» böyiça qonunga özgartişlar kiritildi. Umuman oxirgi 3 yilda sohada ikkita qaror, uçta prezident farmoni va törtta Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Biz yuqorida matbuot anjumanida ham aytdikki, oxirgi 3 yilda suv tejovçi va tomçilatib suğoriş texnologiyalarini joriy qiliş 9 barobarga oşdi.

Bu borada fermerlar va suv tejovçi texnologiyalar işlab çiqaruvçi mahalliy korxonalarga subsidiyalar beriş tartibi yengillaştirilmoqda. Bu texnologiyalar nafaqat mahalliy, balki eksport talabiga ham töla javob beradi.

Tomçilatib va yomğirlatib suğoriş texnologiyalari avval Navoiy viloyatida faoliyat körsatardi, yaqinda esa xuddi şunday korxona Xorazm viloyatida ham iş boşladi. Şuningdek, bunday korxonalar Farğona, Andijon va Namangan viloyatlarida ham faoliyat yuritmoqda.

Zamonaviy nasos va dvigatellar ham hozir töliq özimizda işlab çiqarilmoqda.

— Siz subsidiyalar haqida gapiryapsiz, lekin fermerlar subsidiya oliş şartlari hamon qiyinligi va ularning hozirgi şaroiti bunga javob bermasligini aytadi. Balki subsidiya oliş şartlarini yanada yengillatiş kerakdir.

— Pul heç kimga heç qaçon köplik qilmaydi. Hozirgi şaroitda ham biz köplab ijobiy natijalarni köryapmiz. Biz subsidiyaga qoniqmayotgan fermerlarni öşa yuqori natijali fermerlarning dalasiga olib boryapmiz. Ularga aytyapmiz, mana, şu odam qilyapti-ku.

Bu kabi texnologiyalar nafaqat suvni tejaydi, balki mineral öğit va suvçilarning mehnatini ham. Umuman, suv tejovçi texnologiyalar odatdagi xarajatlarni 50 foizga qisqartiradi. Hosildorlik ham 10-15 foizga oşyapti.