«Albatta, Ukrainaga gipertovuşli qurollar joylaştirilişi ulardan aniq foydalaniladi, degani emas. Ammo «şunçaki qurollaniş» niqobi ostida qöşni mamlakatdan ekstremistlarni Rossiyaga yönaltiriş boşlanib ketadi», dedi Putin Rossiya mudofaa vazirligining an’anaviy yillik kollegiyasida.

SERGEI GUNEYEV/TASS

Avvalroq Rossiya taşqi işlar vazirligi AQŞ bilan kelişuv loyihasi matnini e’lon qilgandi. Rossiya va NATO a’zolari xavfsizligini közda tutuvçi kelişuv loyihasida Rossiya NATO şarqqa qarab kengaymasligi va Ukraina alyansga qabul qilinmasligi borasida huquqiy kafolat taqdim etilişini söragan. Ğarbda Rossiyaning bu «iltimosi»ni ultimatum deb qabul qilişdi, çunki bayonot Ukraina bilan çegarada Rossiyaning yuz mingga yaqin harbiylari töplanib turgan bir vaqtda e’lon qilindi. Ğarb bu töplanişni Rossiyaning Ukrainaga navbatdagi marta bostirib kirişga urinişi, deb baholayapti.

«Bu ultimatummi? Yöq, albatta», dedi Putin. Ultimatum haqidagi gaplarni rad etar ekan Putin AQŞning Yugoslaviyani öqqa tutişi, Iroq va Suriyaga bostirib kirişini eslab, bu harakatlar uçun BMT Xavfsizlik kengaşi Amerikaga nisbatan heç qanday sanksiya qöllamaganini qayd etdi.

«Hozir ular Ukrainada qilayotgan va qilişga urinayotgan işlar tupkaning tagida emas, tumşuğimiz ostida – çegaramizda sodir bölyapti», dedi Rossiya prezidenti. U Rossiya Yevropa Ittifoqi hamda AQŞ bilan konstruktiv va samarali muloqot istaşini ta’kidladi.

Qurollanişdagi «giperpoyga»

«AQŞda gipertovuşli qurol yöq, lekin qaçon bölişini bilamiz. Bu maxfiy ma’lumot emas. Muvaffaqiyatli, muvaffaqiyatsiz sinovlar ötkazilmoqda. Şu sabab AQŞ qaçon bunday qurolga ega bölişini taxmin qiliş mumkin», dedi yiğilişda Putin.

Gipertovuşli qurol işlab çiqariş AQŞ harbiy sanoatining asosiy maqsadlaridan biri. Xususan, qanotli raketa va nişondan qoçuvçi «sirpançiq» öq-dorilar işlab çiqariş ustida işlanmoqda.

Bu borada AQŞ asosiy raqobatçilari Rossiya va Xitoydan ortda qolmoqda, deyiş mumkin. Çunki bu ikki davlat allaqaçon gipertovuşli qurollarni muvaffaqiyatli sinovdan ötkazib böldi.

Rossiya «Tsirkon» nomli gipertovuşli raketani sinovdan ötkazdi. Ular kemalardan ham otib körildi. Xususan, «Admiral Gorşkov» fregati hamda «Severodvinsk» suv osti kemalaridan yangi raketalar uçirildi.

«Tsirkon» gipertovuşli raketasi Oq dengiz akvatoriyasida sinab körilişi / RUSSIAN MOD/TASS

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoyguning aytişiça, Rossiya armiyasi 2022 yildan «Tsirkon» bilan qurollanişni boşlaydi. Şuningdek, Rossiya «Avangard» nomli nişondan qoçuvçi «sirpançiq» öq-dorilarni ham sinovdan ötkazdi.

2021 yil oktyabrida Xitoy ham öz gipertovuşli raketasini sinovdan ötkazgani ma’lum. Xitoy bu sinov haqidagi ma’lumotlarni sir tutib, şunçaki kosmik apparat uçirilganini iddao qiladi, biroq AQŞ Birlaşgan ştablar kengaşi raisi Mark Milliga köra, Xitoy öşanda gipertovuşli raketa sinov parvozini amalga oşirgan.

Gipertovuşli öq-dorilarni raketa yoki «sirpançiq» öq-dori deyiş mumkin. Ular tovuş tezligidan kamida beş marta tez harakat qila oladi. Bunday raketalarni urib tuşiriş deyarli imkonsiz. Birinçidan, ular juda tez harakatlanadi, raketalarni payqab nişonga oliş uçun vaqt kam böladi. Ikkinçidan, bunday ultra zamonaviy raketalar avtomatik boşqaruv tizimiga ega, ular nişonga olinsa, harakat yönalişini özgartira oladi. Bunday raketalar havo hujumidan himoya tizimlari raketalaridan qoçiş xususiyatiga ega.

Donbass bilan boğliq ayblov

Yiğiliş davomida Şoyguning aytişiça, Donbassda AQŞdagi xususiy harbiy kompaniya zobitlari bölib turibdi va ular kimyoviy komponentlar yordamida provokatsiya uyuştirişga tayyorlanmoqda.

«Donetskdagi Avdeyevka hamda Priazovskaya aholi yaşaş punktlarida kamida 120 nafar xususiy harbiy kompaniya zobitlari bor. Ular ijtimoiy obektlar va hatto aholi xonadonlarini maxsus qurollar bilan jihozlayotgani ma’lum. Bu harbiylarning vazifasi Ukraina armiyasining maxsus operatsiya bajaruvçi qöşinlari hamda radikal tödalarini faol harbiy harakatlarga tayyorlaşdan iborat.

Provokatsion harakatlarni amalga oşiriş uçun Avdeyevka hamda Qizil Liman şaharlariga turli rezervuarlar hamda noma’lum kimyoviy modda olib kelingan», dedi Şoygu.

Pentagon esa bu gaplarni notöğri, deb atadi

«Janob Şoyguning bu gaplari yolğon», dedi AQŞ mudofaa vazirligi rasmiysi Jon Kirbi. U jurnalistlarning kimyoviy moddalar haqidagi aniqlaştiruvçi savoliga javob berar ekan, AQŞ mudofaa vaziri bu borada Şoygu bilan gaplaşmagani, uning rejalarini bilmasligini aytdi.

Yumşamayotgan keskinlik

Putin Rossiya harbiylari Ukraina bilan çegarada töplanayotganini tilga olmadi, lekin u avvalroq ötgan TIV yiğilişlaridan birida bu haqda gapirgandi. Öşanda Putin Ukraina bilan çegarada mavjud keskinlikni imkon qadar uzoq saqlab turiş kerakligini aytib, «Toki çegaraning narigi tomonidagilar Rossiyaga qarşi qandaydir provokatsiya uyuştiriş haqida öylab ham körmasin», degandi.

1 dekabr kuni bu mavzuga qaytgan Putin NATO şarq tomon kengaymasligi haqida huquqiy kafolat olişga erişişini ham ta’kidlagandi. Biroq AQŞ ham, NATO ham bunday kafolat berilmasligini bildirdi.

Rossiya harbiylarining Ukraina çegarasida töplana boşlagani haqida noyabr oyi oxirida yoza boşlaşdi. Politico naşri Smolenskda harbiy texnikalar töplana boşlaganini isbotlovçi suratlarni e’lon qildi. Boşqa naşrlar esa Ukraina çegarasida harbiylar ham töplana boşlagani haqida yozişdi.

Bu voqealardan sal avval Ukraina armiyasi ilk marta Turkiyada işlab çiqarilgan «Bayraktar» dronlaridan Donbassdagi guruhlar bilan töqnaşuvlarda foydalangandi. Ukraina tomoni dron yordamida duşmanning artilleriya qurilmalari yöq qilinganini ma’lum qilgan.

Rossiya harbiylarining Ukraina bilan çegara yaqinida töplanişi xalqaro maydonda keskinlik keltirib çiqardi. Rossiya va AQŞ prezidentlari bu masalada videomuloqot ötkazdi. Unda Bayden Ukrainaga bostirib kirsa, Rossiyani keskin iqtisodiy sanksiyalar kutayotganidan ogohlantirdi.

Dekabr oyi boşida Britaniya harbiy ştabi boşliği admiral ser Toni Rudakin esa Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, dunyo ikkinçi jahon uruşi davridan buyon körmagan voqealarga guvoh bölişini aytgandi.