Vaşington va Kiyev örtasidagi Rossiya-Ukraina uruşini tugatiş va tinçlik şartnomasini tuziş böyiça uç kunlik muzokaralarda deyarli yutuqlarga erişilmadi va hududlar hamda xavfsizlik kafolatlari böyiça masalalar hal qilinmasdan qoldi, deyiladi CNN naşri xabarida. 4 dekabrdan beri Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Rustem Umerov Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabi rahbari Andrey Gnatov bilan birga Mayamida bölib, u yerda AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff va Donald Trampning kuyovi Jared Kuşner bilan uçraşuvlar ötkazdi.

6 dekabr kuni keçqurun Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Uitkoff va Kuşner bilan «uzoq, mazmunli va konstruktiv» telefon muloqoti haqida ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, tomonlar «qon tökilişining tugaşini kafolatlaşi va Rossiyaning uçinçi bosqini xavfini bartaraf etişi mumkin bölgan asosiy narsalarni, şuningdek, Rossiyaning öz va’dalarini bajarmaslik tahdidini muhokama qilgan». Axios ma’lumotlariga köra, telefon orqali muloqot ikki soat davom etgan. Bu Zelenskiyning ötgan haftada Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşib qaytgan amerikalik muzokaraçilar bilan birinçi muloqoti böldi.

«Murakkab masalalar saqlanib qolmoqda, ammo ikkala tomon ham real va maqbul yeçimlarni yaratiş ustida işlaşda davom etmoqda. Hozirgi bosqiçdagi asosiy çaqiriqlar hudud va kafolatlar [xavfsizlik] masalalariga taalluqli va biz ularni hal qiliş uçun maqbul formatlarni izlayapmiz», – dedi Ukrainaning AQŞdagi elçisi Olga Stefanişina.

Axios manbasi aytişiça, Uitkoff va Kuşner Rossiya va Ukraina tomonlarining takliflarini töplagan va Putinni ham, Zelenskiyni ham yon berişga undamoqda. Naşrning yana bir suhbatdoşiga köra, telefon orqali suhbat çoğida hududiy masalani muhokama qiliş «murakkab keçgan». Rossiya hamon Ukraina qöşinlari Donbassdan töliq çiqib ketişini talab qilmoqda, ammo AQŞ muammoni hal qiliş uçun yangi ğoyalarni işlab çiqişga harakat qilmoqda, deydi ikkinçi manba. Yana bir asosiy mavzu AQŞ tomonidan Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari edi. Manbalardan biri ma’lum qilişiça, tomonlar bu borada sezilarli yutuqlarga erişgan va kelişuvga yaqinlaşgan, biroq ikkala tomon ham uşbu kafolatlarni bir xil talqin qilişi uçun qöşimça işlarni amalga oşiriş kerak.

Trampning Ukraina böyiça maxsus vakili Kit Kellog uruşni töxtatiş böyiça kelişuvga «haqiqatan ham yaqin» qolganini aytgan. Uning sözlariga köra, endi hamma narsa ikki masalaning hal qilinişiga boğliq: Donbassning kelajagi va Zaporijjya AES nazorati.

Bir kun avval Uitkoff Ukraina delegatsiyasi bilan «Ukrainada mustahkam va adolatli tinçlikka erişişning işonçli yöli» böyiça «konstruktiv muhokama» ötkazgani haqida xabar bergandi. Uning sözlariga köra, muzokaralarda «har ikki tomon ham har qanday kelişuvga erişişdagi haqiqiy ösiş Rossiyaning uzoq muddatli tinçlikka, jumladan, keskinlikni yumşatiş va qotilliklarni töxtatiş böyiça qadamlarga jiddiy sodiqligini namoyiş etişga tayyorligiga boğliq ekani böyiça yakdil fikrda bölgan».