O‘zbekiston | 16:16 / 23.12.2021
4731
5 daqiqa o‘qiladi

Samsung kompaniyasi Flip 3 – samarali ta’lim uchun interfaol doskani taqdim etadi

Foto: Samsung

Samsung Flip 3 yangi avlod interfaol doskasi o‘zining innovatsion funksiyalari tufayli maktab darslarini yoki universitetdagi ma’ruzalarni qiziqarli taqdimotlar formatiga aylantiradi. Bo‘r bilan yoziladigan odatiy doska o‘rniga ulkan ekranda dinamik kontent bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar ko‘rgazmali, ko‘proq axborot beruvchi va qiziqarli bo‘ladi!

O‘qituvchilar va o‘quvchilar displeyda matnlarni ham, tasvirlar va videoni ham namoyish etishlari, uy vazifalarini bajarishlari mumkin. O‘quv materiali katta displeyda dinamik vizuallashtirish bilan mustahkamlangan bo‘lsa, uni o‘zlashtirish oson va qiziqarli bo‘ladi.

Foto: Samsung

Yangi 75 dyuymli displey devorga oson mahkamlanadi, u zamonaviy, samarali darslar uchun barcha zarur vositalarga ega, shuningdek unda ta’lim uchun begona dasturiy ta’minotdan foydalanish imkoniyati ham mavjud.

Displey – albatta, yangi mahsulotning eng qiziqarli tomoni. Flip 3 ilg‘or interfaol sensorli ekran texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, u katta tezlikda yozish, chizish, qoralamalar qilish imkonini beradi. Bunda displeyga o‘rnatilgan 2048 ta bosim nuqtasi chizish aniqligini va hissiyotlarning realligini maksimal darajada oshiradi, ya’ni siz go‘yoki haqiqiy xolstda rasm chizayotganday bo‘lasiz.

Foto: Samsung

Displeyda bir vaqtning o‘zida 20 nafargacha foydalanuvchi ishlashi mumkin*. Shu bois maxsus perodan foydalanish ham shart emas (ular to‘plamda ikki dona) – buning uchun deyarli istalgan narsadan foydalanish mumkin. Flip 3 yozuvni imitatsiya qilish yoki ekranda ajratib ko‘rsatish uchun ingichka va qalin obektlardan kirish ma’lumotlarini farqlaydi. Yozilganlarni barmoq yoki kaft bilan ham o‘chirish mumkin.

Samsung kompaniyasi gigiyena haqida ham o‘ylab qo‘ygan. Flip 3 ekrani mikroblarga qarshi qoplamaga ega bo‘lib**, u o‘qituvchilar va o‘quvchilar diqqat-eʼtiborlarini xotirjam o‘qishga jamlashlari uchun mikroblarning ko‘payishini to‘xtatadi hamda muayyan bakteriyalardan himoya qiladi.

Foto: Samsung

Biroq maktab – bu maktab, bolalar sho‘xlik qiladi, yuguradi, bu esa ba’zida noxush voqealarga olib keladi. O‘quvchilar va o‘qituvchilarni himoya qilish uchun Flip 3 maxsus darz ketmaydigan plyonka bilan qoplangan, u hech kim jarohatlanmasligini kafolatlaydi.

Flip interfaol displeyi Qozog‘iston maktablarida, universitetlarida, til kurslari bo‘yicha trening-markazlarida o‘zini zamonaviy ta’lim yechimi sifatida juda yaxshi namoyon etdi. Teskari aloqa jarayonida ushbu o‘quv muassasalarining rahbarlari katta ekran, keng va qulay funksional hamda auditoriya zamonaviy qurilmalardan foydalanish tajribasiga ega bo‘lgani bois yangi ta’lim formatini yaxshiroq qabul qilayotgani tufayli darslarning samaradorligi haqiqatdan ham sezilarli darajada oshganini qayd etadi.

Foto: Samsung

Xarid masalalari bo‘yicha quyidagi telefon raqam yoki e-mail orqali bog‘lanishingiz mumkin:

[email protected]

+7 701 962 92 10

* Bir vaqtning o‘zida 20 ta foydalanuvchini kiritish opsiyasi begona ShK ulanganida imkonli. Qo‘shimcha uskunalar alohida xarid qilinadi.

** Mahsulotga o‘zining antibakterial funksiyalarini bajarishi uchun biotsid modda – rux piritioni bilan ishlov berilgan.

Mahsulotning antibakterial xususiyatlari foydalanuvchilarni bakteriyalardan to‘liq himoya qilmaydi va viruslardan, shu jumladan Covid-19 infeksiyasidan himoyani ta’minlamaydi.

Mikroblarga qarshi qoplama faqat ekran yuzasida mavjud bo‘lib, uning samarasi foydalanish sharoitlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Antibakterial sertifikat: UL2282, u antibakterial samaradorlik 99% dan oshishini tasdiqlaydi.

(Sinov metodi (JIS Z 2801): bakteriyali (Escherichia coli i Staphylococcus aureus) 0,4 kub. sm suyuqlik namunasi ekilganidan keyin (5 sm x 5 sm) unga sterillangan plyonka (4 sm x 4 sm) yopishtiriladi va 24 soatga 35 °C haroratda va 90% dan boshlanadigan nisbiy namlikda termogigrostatda qoldiriladi, keyin bakteriyalarning nobud bo‘lish samaradorligi o‘lchanadi / Sinovlarni o‘tkazishni tashkil qilish: FITI Test Research Institute instituti).

Antibakterial funksiyalarning hududiy cheklovlari haqida batafsil konkret mamlakat uchun samsung.com veb-saytida ma’lum qilinadi.

Reklama huquqi asosida

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid