Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Afrosiyob» poyezdlari qatnovi bittaga ko‘payadi, barcha poyezdlarga qo‘shimcha vagon ulanadi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2021 yil 27 dekabrdan 2022 yil 9 yanvargacha “Toshkent-Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida 770/769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarining qatnovini yo‘lga qo‘yadi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabariga ko‘ra, hozirgacha faqat haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari soat 09:02 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshirib kelayotgan 770-sonli “Afrosiyob” poyezdi 27 dekabrdan 2022 yil 9 yanvargacha har kuni soat 09:02 da “Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradi.
Shuningdek, 769-sonli “Afrosiyob” poyezdi ham 27 dekabrdan 2022 yil 9 yanvargacha har kuni soat 15:02 da “Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradi.
Ushbu poyezdlar Samarqand, Navoiy temir yo‘l vokzallarida to‘xtab o‘tadi.
Bundan tashqari, dam olish kunlari barcha yo‘lovchi poyezdlarga qo‘shimcha vagonlar ham ulanadi.
Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
14:15 / 01.04.2026
O‘zbekistonda poyezd tashuvchi aybi bilan kechiksa, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi
18:27 / 31.03.2026
Uzoqni yaqin qiluvchi temir ot – nega dunyoning turli hududlarida temiryo‘llar har xil o‘lchamda qurilgan?
09:06 / 30.03.2026