Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolarga pasportlarining raqamli profili taqdim etiladi
Gov Pass mobil ilovasi smartfonga o‘rnatiladi va unda pasport, diplom, mehnat daftarchasi, haydovchilik guvohnomasi kabi ko‘plab hujjatlar jamlanadi. Ya’ni fuqaroning barcha hujjatlari doim yonida, telefonda bo‘ladi. Loyiha prezidentga taqdim etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 dekabr kuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Rasmiy relizga ko‘ra, taqdimotdagi yangiliklardan biri – fuqaro pasportining raqamli profili bo‘lgan.
“Gov Pass mobil ilovasi smartfonga o‘rnatiladi va unda pasport, diplom, mehnat daftarchasi, haydovchilik guvohnomasi kabi ko‘plab hujjatlar jamlanadi. Ya’ni fuqaroning barcha hujjatlari doim yonida, telefonda bo‘ladi. Bu vaqt va pulni tejab, qog‘ozbozlikni kamaytirishga xizmat qiladi, ovoragarchiliklarni bartaraf etadi”, – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kelgusi yilda IT tarmoqlar tezligini 1,8 barobar oshirish hamda 1 million qo‘shimcha keng polosali tarmoqlar o‘rnatish vazifasi qo‘yilgan. Bu orqali aholi punktlarining barchasi mobil aloqa va keng polosali internet bilan ta’minlanishi aytilmoqda.
Shuningdek, kelgusi yilda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ulushini 60 foizga yetkazish belgilangan.
Yig‘ilishda sun’iy intellekt markazini ishga tushirishni jadallashtirish, xorijdan IT mutaxassislar jalb etish tartibini soddalashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Taqdimotda “Xavfsiz shahar” tizimi ijrosiga doir masalalarga ham alohida e’tibor qaratilgan. 2026 yilgacha bu tizimni to‘liq joriy etish vazifasi qo‘yilgan.
Ta’kidlanishicha, yirik eksporterlar bilan ishlagan holda IT-parklarda xizmatlar eksporti hajmini 2 barobarga – 80 mln dollarga yetkazish mo‘ljallanmoqda.
- Ayni paytda mamlakatda 100 dan ortiq IT-maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 500 mingdan ziyod yoshlar dasturlashga o‘qigan.
- IT-parklar tashkil etilganidan buyon sohada eksport hajmi 50 barobarga ko‘payib, 40 million dollarga yetgan. Rezidentlar soni 147 tadan 500 taga oshgan.
Mavzuga oid
14:04 / 26.08.2025
Iordaniya podshohi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
12:59 / 11.01.2025
«Eng kuchli» pasportlar reytingi. Singapur yetakchi, O‘zbekiston 80-o‘rinda
20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi
07:50 / 27.12.2024