Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonning 7 ta hududida qor yog‘moqda (Foto+Video)
Juma kuni Nukus shahri va Qoraqalpog‘istonning bir qancha tumanlarida qor yog‘di. Shu sababli Nukus shahrida jamoat transporti vazifasini bajaruvchi 1400 dan ortiq "Damas"lar faoliyati vaqtincha cheklangan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston transport vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tumanlararo yo‘lovchi tashuvchi avtobus va mikroavtobuslar harakati esa vaqtincha to‘xtatilgan. Damaslar o‘rniga "Shymbay Avto Trans" DUK tomonidan shahar ichidagi yo‘nalishlarga 40 dan ziyod avtobuslar yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirda qor yog‘ishi Chimboy, Taxiatosh, Xo‘jayli, Qonliko‘l, Amudaryo, Qorao‘zak tumanlari va Nukus shahrida kuzatilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi gidrometeorologiya boshqarmasiga ko‘ra, Nukusda qor yog‘ishi bugun kechki soat 21:00 gacha va ayrim hududlarda ertaga tush paytigacha davom etishi kutilmoqda.
Bundan oldin noyabr oyida birinchi qor Mo‘ynoq, Bo‘zatov va Qo‘ng‘irot tumanlarida yog‘gandi.

















Shuhrat Saidahmadov, Kun.uz muxbiri
Rasmlar muallifi Islam Matekov, Karinform.uz
Montaj ustasi – Jahongir Aliboyev.
Mavzuga oid
14:21 / 08.04.2026
Qashqadaryo va Jizzaxning tog‘li hududlarida qor yog‘di
18:15 / 30.03.2026
Qoraqalpog‘istonda axborot makonidagi yirik voqea - “Media haftalik” boshlandi
13:08 / 16.03.2026
Qoraqalpog‘istonda yo‘l qurish loyihasi bo‘yicha 10 ming dollar talab qilgan mansabdor ushlandi
12:21 / 14.03.2026