Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada qirol lavozimiga tanlov e’lon qilindi
Angliyadagi Barrou-in-Ferness shahri kengashi Pil oroli qiroli lavozimiga tanlov e’lon qildi. Ushbu orol shaharning ma’muriy hududiga kiradi, deb xabar berdi The Guardian nashri.
Orol Ferness yarimorolidan 800 metr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, unga apreldan sentyabrgacha harakatlanuvchi paromda yoki suv qaytganda piyoda borish mumkin.
Qirol lavozimiga nomzodlar oroldagi bar va mehmonxona boshqaruvini, XIV asrda qurilgan qasrga qarashni va 10 yilga orol qiroli bo‘lishni o‘z zimmasiga olishi kerak. Nomzod o‘z lavozimini yangi mavsum boshi – aprelda egallaydi va uning taxtni egallash marosimi ortiqcha dabdabasiz, antiqa ko‘rinishda o‘tadi: nomzod “taxt”ga eski qilich bilan o‘tiradi, so‘ngra uning boshidan bir necha chelak spirtli ichimlik quyiladi.
Mavzuga oid
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
13:31 / 13.02.2026
London Ukrainaga 1000 ta Britaniya raketasini taqdim etadi
13:13 / 10.01.2026