Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyaga eng katta xavf soladigan mamlakatlar nomi aytildi
Avvalroq Britaniya razvedkasi rahbari Richard Mur Rossiya, Xitoy va Eronni qirollik uchun xavfli mamlakatlar deb atagandi.
Buyuk Britaniyaga eng katta xavf soladigan mamlakatlar Rossiya, Xitoy va Eron. Bu haqda mamlakat xavfsizlik ishlari bo‘yicha vaziri Demian Haynds The Daily Telegraph nashriga bergan intervyusida aytdi.
“Bu mamlakatlar inson resurslariga ega, ular kibermakonda mustahkam joylashgan va ular keng miqyosdagi kuchlarni ishga solish salohiyatiga ega”, - deb ta’kidladi Haynds.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlar axborot operatsiyalarini ham o‘tkazmoqda va bu operatsiyalarda “turli yo‘llar” bilan ishtirok etmoqda.
U Londonga tahdid uyg‘otadigan to‘rtinchi mamlakat sifatida Shimoliy Koreyani tilga oldi.
Avvalroq Britaniya razvedkasi rahbari Richard Mur ham Rossiya, Xitoy va Eronni qirollik uchun xavfli mamlakatlar deb atagandi.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026