Jahon | 20:26 / 28.12.2021
10667
2 daqiqa o‘qiladi

Turistlar uchun eng ommabop shaharlar reytingi e’lon qilindi

Kankun, Qohira, Punta-Kana, San-Xuan, Lissabon, Afina, Mexiko, Palma-de-Mayorka, Frankfurt ro‘yxatdan ilk bor joy oldi.

Kankun / Foto: Getty Images

2021 yilda turistlar orasida eng ommabop bo‘lgan shaharlar reytingi e’lon qilindi

Reytingda birinchi o‘rinni o‘tgan yilgi kabi Dubay egalladi. Ikkinchi o‘ringa Kankun, uchinchi o‘ringa Istanbul joylashdi.

Mayami 18-o‘rindan 5-o‘ringa, Madrid 16-o‘rindan 10-o‘ringa ko‘tarilgan. 

Kankun, Qohira, Punta-Kana, San-Xuan, Lissabon, Afina, Mexiko, Palma-de-Mayorka, Frankfurt ro‘yxatdan ilk bor joy oldi.

Turistlar uchun eng ommabop shaharlar yuqori o‘ntaligi:

1.    Dubay (BAA).

2.    Kankun (Meksika).

3.    Istanbul (Turkiya).

4.    Nyu-York (AQSh).

5.    Mayami (AQSh).

6.    Parij (Fransiya).

7.    Doha (Qatar).

8.    London (Buyuk Britaniya).

9.    Qohira (Misr).

10.  Madrid (Ispaniya).

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid