Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida quriladigan xalqaro markaz o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi
Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida barpo etiladigan xalqaro markaz qurilish ishlari boshlanishidan avval o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi. Bu haqda Qozog‘iston Savdo va integratsiya vazirligi LS'ga xabar berdi.
Vazirlikning tushuntirishicha, agar ilgari mamlakatlarni «Markaziy Osiyo» xalqaro savdo-iqtisodiy rivojlantirish markazi bog‘lashi rejalashtirilgan bo‘lsa, endilikda Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini qurish mo‘ljallanmoqda.
Tomonlar qo‘shma sanoat loyihalari bo‘yicha hamkorlik qilish uchun sharoit yaratadi. Bu ta’minot zanjiri ishtirokchilari sonini kamaytiradi, yakuniy iste’molchi uchun mahsulot tannarxini pasaytiradi va yetkazib berish tezligini oshiradi.
Ustuvor yo‘nalishlarning o‘zgarishi tufayli ikki mamlakat ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalari faollashishi, respublikalar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi oshishi kutilmoqda.
Bunday qaror dekabr oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashrifi chog‘ida qabul qilingani aytiladi.
Savdo vazirligi 2022 yilda markaz faoliyatini tashkil etish uchun huquqiy platforma yaratish rejalashtirilayotganini qayd etdi. Birinchi bosqichda tomonlar loyihani amalga oshirish uchun yer uchastkalarini belgilaydi. Qurilishning o‘zi 2025 yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
00:26
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
17:49 / 02.06.2026
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda Yevroittifoqning deportatsiya markazi tashkil qilinishini rad qildi
20:11 / 01.06.2026
Qozog‘istonda yangi «hokimiyat partiyasi» - «Adolat» rasman ro‘yxatga olindi
18:42 / 01.06.2026