O‘zbekiston | 12:01 / 29.12.2021
3596
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda mahalliy budjet hisobotlari tashqi auditdan o‘tkaziladi

Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, endilikda viloyatlarning mahalliy budjetlari loyihalari Hisob palatasiga xulosa berish uchun taqdim qilinadi.

Hisob palatasi mahalliy budjetlarning ijrosi bo‘yicha hisobotni tashqi auditdan o‘tkazadi.

Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasi Hisob palatasi xulosasi asosida Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

Tuman va shahar budjetlari qo‘shimcha manbalarining kamida 30 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiradi, ilgari 10 foiz edi.

Rezident-yuridik shaxslarga budjet ssudalari va kreditlar Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizidan kam bo‘lmagan foizda beriladi.

Markaziy bank asosiy stavkasi bugungi kunda 14 foiz, budjet ssudalari va kreditlar 7 foizdan kam bo‘lmagan foizda beriladi.

Mavzuga oid