O‘zbekiston | 09:32 / 30.12.2021
2668
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya kompaniyasi «Afrosiyob» poyezdlariga texnik xizmat ko‘rsatadi

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va «Patentes Talgo S.L.U.» kompaniyasi o‘rtasida onlayn-tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

«O‘zbekiston temir yo‘llari» ma’lumotiga ko‘ra, muloqot davomida «Patentes Talgo S.L.U.» kompaniyasi tijorat direktori Alvaro Seguro bilan yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda mavjud 6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» poyezdlariga 4 yil muddat davomida texnik xizmat ko‘rsatish ispaniyalik mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.

Shartnoma joriy yil noyabr oyida «O‘zbekiston temir yo‘llari» boshqaruvi raisi v.b. Husniddin Hosilov Ispaniyaning «Patentes Talgo S.L.U.» kompaniyasi MDH mamlakatlari va Yevropa bo‘yicha tijorat direktori Enrike Rieska boshchiligida delegatsiya bilan uchrashuvi chog‘ida erishilgan kelishuvlar doirasida tasdiqlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid