Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Turkmaniston bilan chegarada to‘qnashuv bo‘lgani haqidagi xabarni rad etdi
Avvalroq toliblar va Turkmaniston chegarachilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv bo‘lgani haqida xabar qilingandi.
"Tolibon" harakati Afg‘oniston-Turkmaniston chegarasida qurolli to‘qnashuv yuz bergani to‘g‘risidagi xabarni rad etdi.
"Afg‘oniston va Turkmaniston chegarasida nizo yuz bergani to‘g‘risidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", - dedi Afg‘oniston TIV matbuot markazi rahbari Abdul Qahhor Balxiy.
"Biz va qo‘shni Turkmaniston o‘rtasida muammo yo‘q va biz do‘st mamlakatlar va dunyoning barcha mamlakatlari bilan yaxshi hamda ijobiy munosabatda bo‘lishni xohlaymiz", - dedi u.
Avvalroq Afg‘oniston OAV toliblar va Turkmaniston chegarachilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv bo‘lgani haqida xabar bergandi.
Turkmanistonning Kobuldagi elchixonasi ham bu xabarni rad etdi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026