Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022 yilda BMT sammitlarida O‘zbekistonning oliy darajadagi ishtiroki kutilyapti
2022 yilda yirik tadbirlarda mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha O‘zbekiston pozitsiyasi hamda umumjahon miqyosidagi tashabbuslarini ilgari surish rejalashtirilmoqda.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)da O‘zbekiston raisligini samarali va faol amalga oshirish mo‘ljallanmoqda.
Shuningdek, Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) sammitlarida O‘zbekistonning oliy darajadagi ishtirokini ta’minlash ham ko‘zda tutilgan.
Yetakchi davlatlar bilan keng qamrovli hamkorlikni strategik darajaga olib chiqish hamda ular bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni kelishish nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, aksariyat hamkor davlatlar bilan munosabatlarni strategik hamkorlik darajasiga olib chiqish ishlari amalga oshiriladi. O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (KShHB) bo‘yicha muzokaralar olib boriladi.
Mavzuga oid
08:10 / 06.06.2026
Ukraina BMT Xavfsizlik kengashini favqulodda yig‘ilishga chaqirdi
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
22:50 / 01.06.2026