Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘stonliq va Zominda o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etuvchi otryadlar tashkil etiladi
O‘zbekistonda o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish tadbirlari samaradorligini oshirish rejalashtirilmoqda. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.
Xususan, Bo‘stonliq va Zomin tumanlarida Favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etishga ixtisoslashgan otryadlarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
O‘rmon yong‘inlarini bartaraf etishga ixtisoslashgan idoraviy bo‘linmalar yong‘in o‘chirish asbob-anjomlari va texnikasi bilan bosqichma-bosqich jihozlanadi.
Bundan tashqari, yong‘in-texnik vositalarini ishlab chiqarishga xususiy sektorni jalb etish choralari ko‘riladi.
Mahalliy sharoitlarda ishlab chiqarish imkoniyatiga ega yong‘in-texnik vositalar va ishlab chiqaruvchilar ro‘yxati shakllantiriladi. Davlat standartlari asosida xususiy sektorni jalb etgan holda yong‘in-texnik vositalarini ishlab chiqarish yuzasidan tadqiqotlar yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
10:23 / 04.07.2026
O‘rikzor bozoridagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in chiqdi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
15:06 / 02.07.2026
Buxoroda qamishzorga o‘t qo‘yilishi oqibatida 50 tup daraxt yonib ketdi
19:44 / 28.06.2026