Nimalar bölib ötdi:

— 2 yanvar kuni boşlangan namoyişlar 4 yanvarda avj olib, butun mamlakatga tarqaldi, 5 yanvar kuni butun Qozoğiston böylab favqulodda holat e’lon qilindi, banklar işlamayapti;

— namoyişçilar bir qança hukumat binolarini qamal qilib egallaşgan, Olmaotada supermarketlar va dökonlar talangan;

— politsiya ma’lumotiga köra, töqnaşuvlar vaqtida önlab kişilar halok bölgan;

— prezident Qosim-Jömart Töqayev hukumatni iste’foga çiqariş ortidan özi Xavfsizlik kengaşi raisi lavozimida Nazarboyevning örnini egalladi va KXŞTdan yordam söradi;

— prezident avvaliga ayrim oblastlarda, keyin butun mamlakat böylab favqulodda rejim e’lon qildi, mamlakatga xorijdan keliş töxtatildi;

— KXŞT Qozoğistonga tinçlikparvar kuçlarini jönatdi.

Nazarboyevning qulaşi

Qosim-Jömart Töqayev sobiq prezident Nursulton Nazarboyevni Xavfsizlik kengaşi raisi lavozimidan oldi. Bu Nazarboyevning sönggi lavozimi edi; 2019 yilda prezidentlikdan ketgaç u bir umrga uşbu lavozimda qolişi kutilgandi. Töqayev bu haqda e’lon qilgan nutqida Nazarboyev familiyasini keltirmadi — u şunçaki bugungi kundan e’tiboran Xavfsizlik kengaşi raisi vakolatlarini öziga olişini ma’lum qildi. 

«Exo Moskva» boş muharriri Aleksey Venediktov Rossiya TIVdagi manbasiga asoslanib, Nazarboyev «davolaniş uçun» mamlakatni tark etişni möljallagani haqida yozdi. Bu ma’lumot boşqa manba tomonidan tasdiqlanmagan. Bu vaqtda Olmaota oblasti Toldikörğon şahrida Nazarboyevga 2016 yilda örnatilgan haykalni ağdarib taşlaşdi.

Foto: Ateo Breaking

Qozoğistonning sobiq prezidenti öz iste’fosi böyiça heç qanday izoh bermadi — u umuman namoyişlar boşlangandan buyon biror çiqiş qilgani yöq.

Sönggi ma’lumotlarga köra, u Dubayga yöl olgan.